Jizzax viloyati-O’zbekiston
Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 yil 28
dekabrda tashkil etilgan. Shimoliy-sharqda Qozog’iston Respublikasi va Sirdaryo
viloyati, janubiy-g’arbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jaubiy-sharqda
Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 21,1 ming km2. Aholisi 991
ming kishi (2001). Jizzax viloyatida 12 ta qishloq va tuman (Arnasoy, Baxmal,
Do’stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho’l, Paxtakor, Yangiobod,
Forish, G’allaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Do’stlik, Jizzax,
Marjonbuloq, Paxtakor, G’allaorol), 8 shaharcha (Bo’ston, Zarbdor, Zafarobod,
Zomin, O’smat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qo’ytosh), 95 qishloq fuqarolari
yig’ini bor (2001). Markazi-Jizzax shahri. Tabiati. Relyefi tog’lik, qir va
tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari
(Molguzar tizmasi), g’arbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shimol
va shimoliy-g’arbi va sharqiy qismi (Mirzacho’l va Qizilqum cho’lining
janubiy-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha
temperaturasi -G dan -4° gacha, iyulniki 28°. Tog’ oldilarida iqlim cho’l va
dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yog’in viloyat janubda 400-500 mm, shimolda
250-300 mm.
Vegetatsiya davri 210-240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800-3000 soat. Eng yirik
daryolari-Sangzor, Zominsuv. Tog’lardan oqib tushuvchi soy ko’p. Ekinlarni
sug’orish uchun Tuyatortar kanali, 1 va 2-Janubda Mirzacho’l kanallari,
Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001 yilda Arnasoy suv
ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarko’l va Tuzkon ko’llaridan baliqchilikda
foydalaniladi. Tog’ yon bag’irlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yong’oq,
na’matak, zira, rovoch, zirk kabilar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli
ayiq, chiyabo’ri, tulki, quyon, qobon, bo’rsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin,
qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirg’ovul, yovvoyi o’rdak, kaklik kabi
qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bog’i, Zomin va
Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan. Tarkibida temir, oltingugurt,
vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor bo’lgan shifobaxsh
mineral suvlar bor. G’allaorol, Forish, Mirzacho’l tumanlarida balneologik
sanatoriylar faoliyat ko’rsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqo’rg’on
balchig’idan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida
foydalaniladi. Aholisi 1 km2 ga 46,9 kishi to’g’ri keladi (2001). Aholining
ko’pchiligi o’zbeklar, shuningdek, qozoq, qirg’iz, tojik, rus, tatar, turk,
ukrain, nemis, fors, arman va boshqalar. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi.
Shaharliklar 30%, qishloq aholisi 70% ni tashkil etadi. Viloyat 1973-yil
28-dekabrida tashkil topgan. Respublikaning markaziy qismida joylashgan.
Shimolda Qozog’iston, janubda Tojikiston, g’arbda Samarqand va sharqda Sirdaryo viloyatlari bilan
chegaralanadi. Maydoni 20,5 ming kvadrat kilometrga teng bo’lib, respublika
maydonining 4,5 foiziga teng. Tabiiy-geografik jihatdan viloyatning janub
tomonlarida Turkiston tog’ tizmasining g’arbiy tarmoqlari (Molguzar tizmasi),
g’arbiy qismida Nurota tog’ tizmasi tarmog’i mavjud. Viloyat aholisi 1166,7
ming(2011)dan ortiq bo’lib, uning taxminan uchdan ikki qismi qishloq aholisi
hisoblanadi. Jizzax viloyati hududida aholining o’rtacha zichligi 57
kishi. Viloyat tarkibiga 12 tuman kiradi: Arnasoy, Baxmal, Do’stlik, G’allaorol,
Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho’l, Paxtakor, Forish va Yangiobod.
Viloyatda 7 shahar mavjud, markazi Jizzax shahri. Viloyatda 2 ta oliy o’quv
yurti, 31 ta umumiy o’rta ta’lim maktablari bor.