
Sirdaryo viloyati Sayxunobod
tumani 1970 yil 7 dеkabrda tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 445.2 kv.km. Tumanda jami 65.0
ming kishi istiqomat qiladi. Sayxunobod tumani Guliston va Sirdaryo tumanlari
hamda Toshkеnt viloyati bilan chеgaradosh. Sayxunobod tumanida 7 ta qishloq fuqaro yig’inlari, 39 ta mahalla
mavjud bo’lib, 2010 yil 1 yanvar holatiga band aholi soni 26.2 mingtani tashkil
etib shundan 21.6 ming kishi moddiy ishlab chiqarishda va 4.6 ming kishi nomoddiy
ishlab chiqarishda band. 2010 yilning 1 yanvar holatiga tuman bo’yicha jami
1667 ta xo’jalik yurituvchi subеktlar ro’yxatga olingan bo’lib shundan 1171 ta fеrmеr xo’jaliklari, 1594 ta kichik
korxonalar va mikrofirmalardir. 2009 yilda tumandagi sanoat korxonalari
tomonidan jami 41.8 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib o’tgan yilga
nisbatan o’sish sur’ati 101.6% ni tashkil etdi. SHuningdеk 14.6 mlrd. so’m (105.3 %)
xalq istе’moli mollari ishlab chiqarildi. 19.2 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalar
o’zlashtirildi (156.0 %), 4.4 mlrd. so’mlik (100.3 %) qurilish ishlari amalga
oshirildi. Yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 60.3 mlrd. so’m (106.1 %), chakana
sovdo aylanmasi 9.5 mlrd. so’m (111.9 %), aholiga pulli xizmat ko’rsatish 2.7
mlrd. so’m (100.8 %), eksport xajmi 10.2 mln. AQSH dollari (72.2%) va import
22.5 ming AQSH dollar (0.8 %)ni tashkil etdi. Kichik biznеsni rivojlantirish uchun 2009
yil mobaynida jami 8110.4 mln. so’m, shu jumladan, 1354.9 mln. so’m qisqa
muddatli va 6755.5 mln. so’m uzoq muddatli krеditlar ajratildi. 2009 yilda o’rtacha oylik ish
haqi 450.9 ming so’mni tashkil etdi. 2010 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi
79.2 % tabiiy gaz va 73.1 % ichimlik suvi bilan ta\’minlangan. SHuningdеk, 2010 yil 1 yanvar holatiga
jami 5.1 km ichimlik suvi va 4.2 km gaz quvurlari tortilib foydalanishga
topshirildi. Tumanda 41 ta umumta\’lim maktablari bo’lib, ularning 6 tasi
moslashtirilgan binolarda joylashgan. Tumanda yangi ish o’rinlari yaratish
Dasturining bajarilishi 2004 yilda 105.5 %ni, 2005 yilda 102.4 %ni, 2006 yilda
100.8 %,2007 yilda 102.7 %ni, 2008 yilda 100.1 %, 2009 yilda 100.0 %ni tashkil
etdi. Turar-joy binolari bilan ta’minlanishi 2004 yilda 30.0 ming kv.m, 2007
yilda 27.9 ming kv.m, 2008 yilda 29.6 ming kv m, 2009 yilda 32.8 ming kv.mni
tashkil etdi. Tuman bo’yicha tashilgan yuk miqdori 2004 yilda 626.8 ming tonna,
2005 yilda 669.5 ming tonna, 2006 yilda 266.4 ming tonna, 2007 yilda bu
ko’rsatkich 568.6 ming tonna, 2008 yilda 747.4 ming tonna, 2009 yilda 832.3
ming tonnani tashkil etdi. Huddi shunday 2004 yilda 5676.0 ming yo’lovchi, 2007
yilda 4620.3 ming kishi, 2008 yilda 4192.9 ming kishi, 2009 yilda 4613.9 ming
kishini tashkil etdi.