SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun
1915-03-01

Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda hunarmand-degrez oilasida tug`ilgan. Otasi zaxmatkash temirchi edi, onasi Xadicha opa esa juda ko`p qo`shiq, ertak, afsona va dostonlarni bilar va bolalarga aytib berardi. 1928 yilda boshlanhich maktabni tugallab,Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o`qishga kirdi. Ana shu yillardan boshlab, Zulfiyaning adabiyotga bo`lgan qiziqishi kuchaydi. Navoiy, Pushkin, Abdulla Qodiriy, G`ayratiy asarlarini, Uyg`un va Hamid Olimjon kabi yozuvchi shoirlarning ijodini qiziqib kuzatdi. O`qish va o`rganish o`z navbatida uning  qo`liga qalam olishga ilxomlantirdi. Shu tariqa badiiy iste'dodi namoyon bo`la boshladi. 1930 yildan boshlab "Ishchi", "Turkiston" gazetalari, "Bolalar", "Yangi yo`l" jurnallarida yosh shoiraning dastlabki she'rlari ko`rinadi. 1932 yilda o`n sakkiz yoshli shoiraning birinchi she'rlar to`plami- "hayot varaqlari" bosilib chiqadi. Zulfiya doimo izlanishda, o`qishda o`z ijodini yanada serqirrali bo`lishi uchun sidqidildan harakat qildi. 1933 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi.. 1935-1938 yillarda esa A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot ilmiy tekshirish institutida aspiranturada o`qiydi.  1938-1940 yillarda Respublika bolalar va yoshlar adabiyoti nashriyotida muharrir bo`lib ishlaydi. Zulfiyaning ilk she'rlari o`zining hayotbaxsh ruhi bilan kitobxonlarni o`ziga jalb etdi.   U ikkinchi jahon urushi arafasida  taniqli shoirlar qatoridan o`rin olgan edi. Zulfiya urushdan keyingi yillarda tinch ijodiy mehnatda kishilarning matonati va qahramonligining yuksak namunalarini ko`rsatayotgan zamondoshlari haqida, tinchlik va do`stlik haqida kitobxonlarga manzur bo`lgan ajoyib she'rlar yaratdi. Shoiraning "Xulkar" (1947), "Men tongni kuylayman" (1950), "Dugonalar bilan suhbat" (1953) kabi to`plamlaridagi she'rlarida o`zbek qizi - Zulfiyaning ovozi  ona qalbini, ayol nazokatini, inson orzusini kuylagan otashin she'rlari faqat O`zbeksitondagina emas, butun Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham kitobxonlar diqqatini jalb qildi. O`zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat va davlat  arbobi  Zulfiya, xorijiy mamlakat taraqqiyparvar yozuvchilari va davlat  arboblarining mehmoni sifatida juda ko`p mamlakatlarda bo`lgan edi. O`zbek-hind do`stligi, O`zbekiston Jamiyatining prezidenti sifatida o`zining butun ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan tinchlik ishiga, xalqlarning  do`stligi va birodarligi ishiga katta hissa qo`shib kelgan. Zulfiya asarlari ko`plab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Zulfiya "Xalqaro Javoharlal Neru" (1968),"Nilufar" (1971) mukofotlari hamda "Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti "(1970) laureati, shuningdek, u Bolgariyaning "Kirill va Mefodiy" (1972) ordeniga sazovor bo`lgan. Zulfiya  A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, M.Vohif, L.Ukrainka, M.Dilboziy, S.Kaputikyan, E.Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Ye.Bagryana va boshqalarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.  Zulfiyaning qudratli ovozi, mayin va mehr to`la qo`shiqlari, o`zbek xotin-qizlarining  baxtiyor taqdirini, tinchlikka va ozod mehnatga tashna insonlarning orzularini ifodalagan haroratli she'rlari  hozirgi kunda ham baland yangramoqda. O`zbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini e'tiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etdi. Toshkentdagi maydonlardan biriga Zulfiya haykali o`rnatildi, ko`chalardan biriga esa Zulfiya nomi berilgan. Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek, Zulfiya ijodi-millionlab kishilarga, muhabbat va sadoqatdan saboq bermoqda, sadoqat va vafo ramzi bo`lib yashamoqda. Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilgandek, Zulfiya tongning o`ziday rost va yorqin xaqiqatga yo`g`rilgan poeziyasi bilan ("Kechir, qoldim g`aflatda", "Ne baloga etding mubtalo", "Bahor keldi seni suroqlab", "Xotiram siniqlari" kabi she'rlarida sadoqat va vafo tuyg`usini -   insoniylikning,  komillikning    bosh    mezoni darajasiga ko`targan. U bolalar va o`smirlar uchun ham ko`plab to`plamlar nashr ettirgan. Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil avgustda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan