SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Rus fizigi va elektrotexnika, radio ixtirochisi Aleksandr Popov tavallud topgan kun
1859-03-04

Popov Aleksandr Stepanovich (1859.04.03, Sverdlov viloyati - 1905.31.12, Peterburg) - rus fizigi va elektrotexnigi, radio ixtirochisi. Elektr-magnit to’lqinlarni amaliy maqsadlarda qo’llash asoschilaridan biri. Popov Aleksandr elektr-magnit to’lqinlar kukuni detektori (Branli-Lodja kogereri)ni takomillashtirdi (1895) va uning asosida elektr signallarini simsiz uzatadigan qabul qilgich (priyomnik)ni (ya'ni radio aloqani) yaratdi. Nihoyat 1895 yil 25 aprel kuni o’zi yaratgan radiopriyomnikni namoyish qildi. U radioto’lqinlarni 1897 yil bahorida 600 m masofaga, 1897 yil yozida 5 km masofaga, 1901 yil 150 km masofaga uzatishga erishdi. Popov Aleksandr gaz razryadlarini qayd qiladigan asbob («yashin qayd qilgich») ni ham yaratdi (1895). Parijda 1900 yil o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada Popov Aleksandr oltin medal bilan taqdirlandi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan