SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
293031    
O’zbekiston xalq artisti, kompozitor Tolibjon Sodiqov tavallud topgan kun
1907-03-12

Sodiqov Tolibjon (1907.12.03 - Toshkent - 1957.05.09) - kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi. O’zbekiston xalq artisti (1939). Samarqanddagi O’zbek musiqa va xoreografiya instituti (1928-1932), Moskva konsevatoriyasining O’zbek opera studiyasi (1939- 1941)da ta'lim olgan. O’zbek davlat drama teatrining musiqa rahbari (1930-1932), O’zbek davlat musiqali teatri (1938-1939) va Navoiy teatri (1941-1954)ning bosh dirijyori, O’zbekiston kompozitorlari uyushmasining birinchi raisi (1939-1948). O’zbekiston radioqo’mitasi badiiy rahbari (1951-1954). Kompozitorlik faoliyatini 1930 yilda «Bog’bon qiz» (S. Abdulla pyesasi)ga musiqa yaratishdan boshlagan. «Layli va Majnun» (N. Mironov bilan hamkorlikda, 1933), «Davron ota» (A. Koedovskiy bilan, 1941) va boshqa musiqali dramalari, R. Glier bilan hamkorlikda yaratgan «Layli va Majnun» (1940), «Gulsara» (1949) operalari bilan o’zbek musiqasi teatri rivojiga katta hissa qo’shgan. S. B. Zeyman bilan hamkorlikda boshlagan so’nggi operasi - «Zaynab va Omon»ni Yu. Rajabiy, D. Zokirovlar nihoyasiga yetkazishgan. Shuningdek, u «Alisher Nayuiy» (R. Glier bilan), «Kino-konsert» (B. Brovsin bilan) filmlariga yozilgan musiqalar, simfonik, xor va boshqa asarlar muallifi. Uning o’zbekona va umumsharqiy ohanglardagi «Bahor», «Sarvi gul», «Bulbul», «Alla», «Hur Vatan», «Jonon ko’rinur» kabi qo’shiq va romanslari ommaviylashgan. Toshkentdagi 1-bolalar musiqa maktabi, xalq filarmoniyasi va ko’chaga Sodiqov Tolibjon nomi berilgan. Sodiqov Tolibjon nomidagi Xalqaro musiqiy xayriya jamg’armasi tashkil etilgan (1998). Davlat mukofoti laureati (1951). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2003).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan