SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
O’zbek folklorshunosligi asoschisi fan arbobi Xadi Zaripov tavallud topgan kun
1905-03-20

Zarifov Xodi Tillayevich  (1905.20.03 - Toshkent - 1972.13.01) - o’zbek folklorshunosligi asoschisi. O’zbek xalq og’zaki ijodi asarlarining to’plovchisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), filologiya fanlari doktori (1965), proffesor (1967). Eski va yangi usuldagi maktablarda boshlang’ich ta'lim olgan. Boku o’qituvchilar seminarida o’qigan (1923-1926). O’zbekistondagi maorif, va madaniyat muassasalarida ishlagan (1926-1930). Moskvadagi sobiq  Ittifoq xalqlari markaziy muzeyida ilmiy xodim (1930-1931), O’zbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti etnografiya sho’'basi boshlig’i (1931-1934), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi  Til va Adabiyot institutida folklor bo’limi mudiri (1934- 1939; 1956-1965; 1960-1972), direktor (1944-1948), direktor o’rinbosari (1955-1962), ensiklopediya bo’limi boshlig’i (1965-1968), Navoiy ko’rgazmasi (Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi) ning birinchi direktori (1939-1956), Sharq qo’lyozmalari (Sharqshunoslik) institutining direktor o’rinbosari (1943-1944), Navoiy ijodini o’rganish qo’mitasining ilmiy kotibi (1957-1972). Zarifov Xodi o’zbek xalq baxshilaridan «Yusuf bilan Ahmad», «Yodgor», «Ravshan», «Rustamxon», «Ochildov» kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qo’shiq va maqollar, dialektologiya  oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar to’plagan. Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Nurmon Abduvoy o’g’li, Abdulla Nurali o’g’li, Xolyor Abdukarim o’g’li, Ahmad baxshi Matnazar o’g’li, Bola baxshi kabi xalq san'atkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan. O’zbek eposi masalalari, baxshilik san'ati, xalq shoirlarining epik repertuarining g’oyaviy-badiiy mundarijasi, o’zbek folklorshunosligining asosiy taraqqiyot yo’llarini tadqiq etishga alohida e'tibor bergan. Zarifov Xodi o’zbek folklorshunosligida o’z maktabini yaratdi. O’zbek adabiyoti tarixi, dialektologiya, leksikologiya,  arxeologiya masalalariga oid ilmiy ishlar muallifi («Lug’at ham termin to’plovchilarga qo’llanma», 1934; «Lutfiy va Navoiy», 1948; «Folklor va arxeologiya materiallarini qiyosiy o’rganishga doir», 1958 va boshqalar).Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi o’zbek folklori bo’limiga Zarifov Xodining yodgorlik byusti (muallif A. Shoymurodov, 1984) qo’yilgan. Toshkent ko’chalaridan biriga uning nomi berilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan