SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
O’zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev tavallud topgan kun
1948-03-21

Mirzayev Alisher To’laganovich (1948.21.03, Toshkent) - rangtasvir va grafika ustasi, O’zbekiston Badiiy Akademiya (1997). O’zbekiston xalq rassomi (1992). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1964-1968) va V. Surikov nomidagi Moskva rassomlik san'ati instituti (1968-1974)da ta'lim olgan. Toshkent politexnika instituti (1974-1978) va Toshkent teatr va rassomlik san'ati instituti (1978-1997)da pedagog. 1997 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida pedagog, prof. (2000). Mirzayev Alisher asarlari o’zining milliyligi, ranglar uyg’unligi bilan ajralib turadi; dastlabki asarlaridayoq an'anaviy mavzularga o’ziga xos yechim va talqin baxsh etdi: «Sozandalar» (1968), «Rassom K. Nosirov» (1975), «Yosh oila haqida qo’shiq» (1976), «Uchrashuv» (1982) va boshqalar «So’qoq mozaikasi», «Rassom va tabiat», «Parkent ayollari» (1980- yillar) kabi manzaralar, «Avtoportretli natyurmort» (1982), «Surxondaryo natyurmorti» (1982) va boshqalar, natyurmortlar turkum asarlarida manzara, urf-odatlar mujassamlashgan, tabiat va inson birligi tarannum etilgan.1990-yillarda A. Qodiriy asarlariga, jumladan, «O’tgan kunlar» asariga qalamtasvirda «Kumush va Zaynab», «Xayol», «Haydalish kuyi», «Fuzuliyni o’qib», «Hayotim lolazoridan ayurding» va boshqalar, asarlar yaratib milliy grafika rivojiga katta hissa qo’shdi. 1972 yildan respublika va xorijiy ko’rgazmalarda asarlari bilan qatnashadi. Mirzayev Alisher asarlaridan bir qismi respublika va chet mamlakatlar muzeylari, shaxsiy to’plamlarda saqlanadi. Mirzayev Alisher haqida «Palitra» (1983) va «Alisher Mirzo» (2000) nomli filmlar ishlangan. Abdulla Qodiriy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1994). «El- yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan