SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516181920
21222324252627
28293031   
Eston xonandasi va opera yakkaxoni Georg Ots tavallud topgan kun
1920-03-21

Ots Georg Karlovich (1920.21.03, Petrograd -1975.05.09, Tallin) - eston xonandasi va opera yakkaxoni (lirik bariton). Xalq artisti (1960). Tallin konservatoriyasini tugatgan (1951). 1945 yildan Tallindagi «Estoniya» opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Operalarda Don Juan, Figaro («Don Juan», «Figaroning uylanishi»), Onegin («Yevgeniy Onegin») kabi, operettalarda Danila («Quvnoq beva»), Tasillo («Maritsa») va boshqa partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan klassik va zamonaviy kamer asarlar, qo’shiqlar o’rin olgan. Ots Georg mayin, yoqimli ovozi hamda optimistik talqinlari bilan shuhrat qozongan. «Mister Iks», «Kola Bryunon» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Chet mamlakatlarda (jumladan, bir necha bor Toshkentda ham) gastrolda bo’lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan