
Bondarenko Boris Anisomovich
(1923.19.10, Davlenkanov shagri Boshqiriston) - kibernetik olim, O’zbekiston
FA akademigi (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1983),
fizika-matematika fanlari doktori (1970), professor (1974), 1928 yildan
Toshkentda O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1953). O’zbekiston FA Matematika
institutida (1953- 72), Toshkent temir yo’l Transporti muxandislari institutida
(1972-80), O’zbekiston FA “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida
(1980 yildan) ishladi. Bondarenko matematik fizikaning yarim chiziqli, shu
jumladan polivibratsion tenglamalarni o’rganish bo’yicha xalqaro maktab
asoschilaridan biri (rumin olimi Manjeron bilan birga). Ilmiy ishlari uzlukli
matematika, kombinatolik tahlit, murakkab matematik fizika masalalarini
analitik va uzlukli usullar bilan yechish, arifmetik fraktal tuzilmalarini
tuzish va tekshirishga,elastiklik nazariyasinig 3 o’lchovli masalalariga bag’ishlangan. “Jasorat” medali bilan (1995) taqdirlangan.