SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Yig'iladigan soyabon ixtiro qilingan kun
1715-05-23

Hozirgi zamon insonlarning kerakli aksesuariga aylangan soyabonning juda ajoyib tarixi bor. Birinchi soyabonni qadimgi Xitoyda ixtiro etilgan deb hisoblanadi, lekin uni faqat boy-badavlat odamlar tutish huquqiga ega bo'lganlar. Birinchi soyabonlar juda og'ir ega bo'lgan, lekin shunga qaramasdan ishkibozlar u uchun davlatini katta qismini berishga tayyor bo'lganlar. Yig'ma soyabonning vatani moda qonunshunosi - Parij hisoblanadi, aynan Parijda 1715 yil 23 may birinchi yig'ma soyabon ixtiro etilgan. Ishbilarmon fabrikant Marius oddiy ayollar soyaboniga amaliy yangiliklar kiritgan. U nima qildi? U yupqa va chidamsiz ipak o'rniga karkasiga qalin va chidamli matoni tortib qo'ydi, natijada soyabonning tashqi ko'rinishi o'zgardi va u universal holatga keldi. Ommaga Marius taqdim etgan soyabonning hajmi kichik bo'lib, ishlatishda oddiyroq, yengilroq bo'ldi va narxi ham kamaydi. Natijada bunday soyabonni keng foydalanuvchilar olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Soyabonning o'zgarishi va yangilanish yo'lini 19 asirning taniqli rassomlarining ijodida kuzatib borish mumkin. Mashhur rassomlar Mone va Renual bejirim soyabonlarni ko'tarib turgan ayollarni tasvirlashgan. Bu chiroyli, betakror ranglar va shakllar namunalari aynan yoz kunlarida jilolangan, chunki ayollar yozda yuzlarini quyoshdan saqlab soyabonni yutuqli ramantik obrazning elementi sifatida tan olishgan.Yig'iladigan soyabonning tug'ilgan kunida dizaynerlar yangi modellarni namoyish etishadi, va insonlarga o'zlarining mahoratlarini ko'rsatishadi. Ayrim paytlarda bu haqiqiy shouga aylanib ketadi va har bir inson ushbu kerakli aksesuarni sotib olishi mumkin bo'ladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan