SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516181920
21222324252627
28293031   
Fransuz astronomi, matematigi va fizigi Loplas Pyer Simon tavallud topgan kun
1749-03-23

Laplas Pyer Simon (1749.23.03, Normandiya, Bomon - 1827.05.03, Parij) - fransuz astronomi, matematigi va fizigi. Parij Fanlar Akademiyasi akademigi (1785). Fransiya akademiyasi a'zosi (1816). Parij harbiy maktabi professor (1766 yilidan). Fransiyada oliy ta'lim tizimini qayta tashkil etishda, Normal va Politexnik maktablar yaratishda qatnashgan. O’lchovlarning metrik sistemasini kiritishga rahbarlik qilgan (1790). Laplas Pyer Simonning ilmiy faoliyati astronomiya bo’yicha osmon mexanikasi, kosmogoniyaga; mat. bo’yicha differensiam tenglamalarga; fizika bo’yicha issiqlik, molekulyar fizika va akustikaga bag’ishlangan. Uning «Osmon mexanikasi haqida traktat» asari (1798-1825) shu sohalarga bag’ishlangan. 1796 yilida Laplas Pyer Simon Quyosh sistemasining paydo bo’lishi haqida kosmogonik gipotezani ishlab chiqdi. Algebra, ehtimollar nazariyasi, matematik fizika, termodinamika sohasidagi ishlari ham muhim. Laplas Pyer Simon falsafiy qarashlari bilan fransuz materialistlariga yaqin turgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan