SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurash kuni
0000-05-30

Hozirgi vaqda insonlarning sog'lig’i bir qator sabablarga ko'ra, asosan ekologiya holati yomonlashuvi sababli yildan yilga ta'sirchan bo'lib qolmoqda. Masalan, yer sayyorasi aholining katta qismi oldindan bilib bo'lmaydigan allergiya va astma kasalligiga duchor bo'lgan. Aniq statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, hozirgi kunda aholining 40 % shunday kasallik asoratlari bilan to'qnashgan  muttasil ravishda allergenlar ta'sirini kamaytiruvchi dorilarni iste'mol qilib kelishadi. Sir emas-ki, astmaning shavqatsiz asoratlari har bir vaqtda insonni ishga qobiliyatsiz qilib qo'yishi mumkin, allergiya esa insonning immun tizimi “singanligini” va tezkor kompleks davolanish kerakligi to'g'risida signal beradi. Aynan shu uchun, butun jahon aholisi ushbu xavfli kasalliklarga e'tiborni qaratish uchun 30 may kuni Butunjahon astma va alergiyaga qarshi kurash kunini nishonlashadi. Taniqli tibbiyot xodimlari, matbuot va ommaviy axborot vositalari maqola va chiqishlar orqali ma'rifat ishlarini olib borib yuqorida aytib o'tilgan kasalliklarga qarshi, shu kasallikni oldini olish ishlarini kuchaytirishga chaqirishadi. Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ushbu zamonaviy kasalliklar bilan kurashish mumkin va kerakligini ta'kidlab o'tadi. Masalan, zararli odatlardan biri chekishni (xatto-ki passiv chekishni), antibiotiklarni ko'p iste'mol qilishni cheklash shuningdek, passiv hayot kechirishni kamaytirib to'g'ri ovqatlanishni tashkil qilish kerak. Vrach va olimlar ushbu bayram kunida shuni ta'kidlab o'tishadi-ki, allergiya va astmani butunlay engish mumkin, faqat ushbu maqsadda alohida qoidalarga rioya etib mutaxasislarni ko'rsatmalarini buzish kerak emas.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan