SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
Italiyada O’rdaklar festivali kuni
1982-10-11

Italiyaning San Miniato shahrida, Balkoneviza shahri atrofida har yili 11 oktyabrda Ordaklar Festivali o’tkaziladi. Bu anjumanni Palio poygasi deb ham atashadi. Bu g’ayrioddiy bayram— pazandalikdan ko’ra ko’proq sport musobaqasiga yaqin. Unda bosh qahramonlar marafonchi o’rdaklar hisoblanadi. Bu kichik shaharda bo’lib o’tadigan italyan bayramining o’ziga xosligini his qilishni xohlaysizmi? Unda Florensiyada Pizaga qaytayotib San Marioga bir kirib o’ting. O’rdaklar festivali har yili oktyabrning ikkinchi shanbasida o’tkaziladi. Bu g’alati festival 1982 yildan buyon o’tkaziladi. Bayramning asosiy tomoshasi—o’rdaklar yugurishi bo’lib unda g’aq-g’aqlagan raqiblar masofa saqlagan holda bir-biri bilan musobaqalashadilar. Bu quvnoq marafonda an’anaga binoan to’rt shahar — Il’ Borgo, Fondo di Ssesa, Buchchio va Formatsinoning vakillari ishtirok etadilar. Ishtirokchilar yuqori tezlikda lapanglab bir-birini quvib o’tishga harakat qiladilar. Tomoshabinlar va “murabbiy”lar esa ularni turli tarzda ruhlantirib turadilar. Aytmoqchi, barcha xohlovchilar boshqa tur otchopar poygalardagidek pul tikishlari mumkin. Biroq judayam berilib ketish shartmas, chunki o’rdaklarga otlarga yoki itlarga ishongandek ishonib bo’lmaydi. Shuningdek O’rdaklar festivali kunlarida mahalliy aholi tug’ilib o’sgan manzillarining muhim sanalariga bag’ishlangan turli xil bayram sayllari, tarixiy namoyishlar va albatta milliy taomlar yarmarkasini o’tkazadilar. Bu beozor va quvnoq tadbir an’anaga binoan yaqin atrofdagi shaharchalardan ko’plab bekorchi va sayyohlarni bir joyga to’playdi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan