SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Nemis fizik olim Vilgelm Rentgen tavallud topgan kun
1845-03-27

Vilgelm  Rentgen Konrad (1845.27.03, Lennep, Dyusseldorf yaqinida - 1923.10.02, Myunxen) - nemis fizigi. Syurixdagi (Shveysariya) Oliy texnika maktabida o’qigan (1865- 1868). Vyursburg (1870 yilidan) va Strasburg (1872 yilidan) unstitutida ishlagan. Xoenxeymdagi Oliy q.x. maktabi (1875 yilidan), Strasburg unstituti (1876 yilidan), Gisen unstituti (1879 yilidan), Vyursburg unstituti (1888 - 1894 yilidan rektor). Myunxen unstituti (1900 -1920) prof. Vilgelm  Rentgen yangi nurlanishni kashf qilib, ularni «X-nurlar» deb atadi (1895) (keyinchalik bu nurlar rentgen deb atala boshlandi). Rentgen nurlari tibbiyot, fan va texnikaning turli sohalarida keng qo’llanila boshlandi. Vilgelm  Rentgen birinchi rentgen trubkasini yaratdi. 1897 yilidan boshlab u kristallarning pyezoelektr va piroelektr xususiyatlarini o’rgangan, kristallardagi elektr va optik hodisalarning o’zaro bog’liqligini aniqchagan, harakatdagi muhitlar elektrodinamikasi masalalari bilan shug’ullangan. Vilgelm  Rentgenning magnetizm bo’yicha tadqiqotlari X. A. Lorents elektron nazariyasining yaratilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Vilgelm  Rentgen fiziklar ichida dunyoda birinchi bo’lib Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan (1901).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan