SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Italiyaning shoir Attilio Bertoluchchi tavallud topgan kun
1941-03-16

1941 yili bahorning ilk kunlari - 16 martda Italiyaning Parma shahrida Attiliolar xonadonida o'g'il farzand dunyoga keladi. Chaqaloqqa Bernardo degan ism qo'yishadi. Xursandligidan boshi ko'kka etgan ota o'sha davrning qiyin-qistov kunlariga qaramasdan farzandining o'qib-ulg'ayishi, bilim olishi yo'lida barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga ahd kiladi. Shunday bo'ldi ham. Attilio ham shoir, ham san'at tarixi professori, qolaversa mashxur kinotanqidchilardan edi. U xamisha kino san'atining nozik qirralarini o'rgatish uchun o'g'liin o'zi bilan birga olib yurardi. Shuning uchun bo'lsa kerak, Bernardo Bertoluchchi o'zining birinchi ustozi otasi bo'lganini ko'p marotaba tilga olgan. 1958-1961 yillarda Bertoluchchi Misr universitetining falsafa fakultetida taxsil oladi. 1957-1958 yillarda "Dor yuli" va "Chuchqachaning o'limi" nomli kichik metrajli kinofilmlarni yaratadi. Otasidan tajriba olib ulg'aygan o'g'il talabalik davridayoq o'zining ilk "Tilsimlar ortidan" nomli she'riy to'plamini nashrdan chiqaradi va adabiyot yo'nalishidagi Milliy mukofotga sazovor bo'ladi. Zamonasining mashxur rejissyorlaridan biri bo'lmish Paolo Pazolini bilan ham ayni talabalik yillarida tanishadi va bu tanishuv yosh san'atkorning xayotida ulkan burilish yasaydi. Sababi, Paolo unga kino olish sirlaridan tortib, siyosiy jarayonlarni taxlil qilish, tanqidiy fikr yuritishgacha o'rgatadi. Shu tariqa iqtidorli talaba namunali shogirdlar qatoridan joy oladi. 27 yoshida ilk marotaba professional darajadagi "Inqilob oldidan" filьmini suratga oladi. Undan so'ng rejissyorning "Konformist", "Parijdagi so'nggi tango", "Yigirmanchi asr", "So'nggi imperator" va boshqa filmlari ekranga chiqadi. Rejissyorning "So'nggi imperator" kinokartinasi alohida e'tiborga molikdir. Sababi, 1988 yilda ishlangan bu asar nafaqat Bertoluchchiga, balki butun Italiya kinosanoatiga mislsiz obro' keltirgan. Film ijodkorlari ham ssenariy uchun, ham rejissyorlik ishi uchun bir qancha yuksak mukofotlarga, shu jumladan Oskarga sazovor bo'lganlar. Mashxur kinomunakkidlar Bertoluchchini shu va boshqa asarlarini e'tirof eta boshlaydilar. Oradan vaqt o'tib, Bertoluchchi London shahriga ko'chib o'tadi va ijodini o'sha erda davom ettiradi. Rejissyor ijodining ayniqsa gullagan davri 90-yillardan boshlandi. Afrika bo'ylab yiqqan ma'lumotlari asosida u "Samo himoyasi" (ikkinchi nomi - "Saxrodagi choy") filmini suratga oladi. 1993 yili "Kichkina Budda" filmi suratga olinadi. Qizig'i, film namoyishi ilk bor Parijda bo'lib o'tgan va unda birgina tomoshabin - tibetlik Dalay-Lama ishtirok etgan. "Xayolparastlar" filmidan so'ng, aniqrog'i, 63 yoshida sog'lig'i yomonlashgani sabab rejissyor kinodagi faoliyatini tark etishga qaror qiladi. Shunga karamay, uni ustoz san'atkor, moxir murabbiy sifatida turli tadbirlarga, bayram marosimlariga, festivallarga taklif qilishar, sadoqatli muxlislari ijodkorni doimo yuqlab turardi. Oradan 15 yil o'tib keksalik gashtini surayotgan Bertoluchchi "Sen va men" kinofilmini suratga olayotgani xaqida matbuotda ma'lumotlar tarqaldi. Bu xaqiqat edi! 2011 yilda muxlislar xukmiga xavola qilingan ushbu kinoasar xaqida Bertoluchchining o'zi shunday deydi: "Faoliyatimni to'xtatgan bo'lishimga qaramay, Nikolo Ammaniti bu asarni qo'yarda-qo'ymay qo'limga tutqazganida, avvaliga rostdan ham unamadim. Axir ssenariy 110 betdan iborat edi-da. Qolaversa, yangi formatda film suratga olish vaqt talab etardi. Yodingizda bo'lsin, kino san'ati xamisha inqilobga maxkum qilingandir. Gapimning isboti uchun kinoning rivojlanish bosqichiga nazar solishning o'zi kifoya. Birinchi film qanday qilib suratga olingani haqida bir o'ylab ko'ring: kinozal o'rindiqlari to'la, ekrandagi poezdning yaqinlashayotganini ko'rgan odamlar qo'rqqanlaridan har tomonga tiraqaylab qochishadi. Oradan vaqt o'tib, oq-qora tasvirda qisqa metrajli filmlar suratga olina boshlandi, undan so'ng rangli tasvirlar ixtiro qilindi. Bugun 3 D formatdagi filmlar. Odamlar o'zlarini kino ichida tasavvur etsalar - buning nimasi yomon? Qolaversa, kino bozorida raqobatbardosh filmlar yaratish uchun ham bu kabi jarayonlarni inobatga olish juda muxim. Darxaqiqat, Bernardo Bertoluchchi xamisha kinoning taraqqiy etishi tarafdoridir. Uning oxirgi "Sen va men" filmida ham rok-musiqasi va lirika, hissiyotlarga to'la sahnalarni ko'rish mumkin. Ijodkor insonlar o'rtasidagi sof tuyg'ular aslida ilohiy ekanligini isbotlashga urinadi guyo. Jurnalistlarning "Filmlarda shaxsiy xayotingizda ro’y bergan voqealarni aks ettirar ekansiz. Bu, siz uchun xotiralardan xalos bo'lishning bir yo’li yemish, shu gap rostmi?" degan savoliga taniqli rejissyor shunday javob beradi: "Men uchun kino o'ziga xos poklanishdir. Chindan ham, xotiralarni og'ir yuk qilib ortmoqlab yurmasdan, yengil tortishni maqsad qilib quyaman."2012 yil, may. 70 yoshni qoralagan Bernardo Bertoluchchi Kann kinofetivaliga nogironlar aravachasida, taniqli aktyorlar qurshovida tashrif buyurdi. Tantanali marosim Bernardo Bertoluchchiga "Kino san'atiga qushgan ulkan xissasi uchun" nominasiyasi bo'yicha mukofot topshirish bilan boshlandi. "O'tgan davr men uchun juda og'ir kechdi. Hayotdan to'ygan damlarim ham etarli bo'lgan. Lekin men kurashga, avvalo o'z ustimdan g'alaba qozonishga intiluvchi shaxsman. Bu mukofot meni yana kino san'atining sehrli olamiga qaytardi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Umid qilamanki menga ko'rsatilayotgan e'tibor avvalgi ishlarim uchun emas, oldinda turgan, endi bajarishim kerak bo'lgan vazifalar uchundir...", - dedi o'shanda otaxon Bernardo. Moxir rejissyor festivalni tezda tark etdi, sog'lig'i pand berayotgani ko'rinib turardi. Lekin, o'shanda ham labida shukronalik hissiga to'la tabassum zoxir edi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan