SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Fransuz shoiri Arman Syulli-Pryudom tavallud topgan kun
1839-03-16

Adabiyot yo'nalishi bo'yicha Nobel mukofotiga ilk bora 1901 yilda Fransuz shoiri Arman Syulli-Pryudom sazovor bo'lgan edi. Biroq butun dunyo adiblari ushbu mukofot jahonda asarlari eng ko'p o'qilayotgan ulug' rus adibi Lev Nikolaevich Tolstoyga berilishni kutayotgandi. Pryudomning iste'dodiga shubha yo'q, u o'ziga xos serqirra shoir bo'lgan. Ammo uning ijodini Tolstoydek ulkan "tog’" bilan bo'slashtirib bo'lmaydi. Tolstoydan kechib, Pryudomning rag'batlantirilishi esa adabiyot olamida chin ma'noda xayratlanarli xodisa bo'ldi. Buning sababni qo'yidagicha izohlash mumkin: birinchidan, Tolstoyning o'zi bu mukofotni rad etgan, ikkinchidan, agar mukofot Tolstoyga berilganda kelgusi nomzodlarga ham o'ta yuqori talablar belgilangan bo'lardi va Nobel cho'qqisi egallab bo'lmas marraga aylanib qolishi ehtimoldan xoli emasdi. Bu bilan Syulli-Pryudomga mukofot noxaq berilgan, demoqchi emasmiz. Uning asarlarining o'ziga xos badiiy obro'si, xususan, yuksak g'oyaviyligi, mukammalligi, shuningdek, iste'dod bilan samimiylikni ajoyib tarzda uyg'unlashtirilganligi uchun mukofotga loyiq deb topilishi ushbu shoir ijodiga berilgan xolis baxodir. Syulli-Pryudom kasali tufayli marosimda ishtirok eta olmadi. Shoir umrining ko'p qismini nochorlikda o'tkazgan. Shu bilan bir paytda u o'z davrida Fransiyaning eng ziyoli kishilaridan hisoblangan. Uning asl ismi Rene Fransua Armai Pryudom bo'lib, 1839 yil 16 martda Parijda savdogar oilasida tavallud topgan. Ikki yoshida otasidan yetim qolib, onasi va opasi bilan tog'asinikiga ko'chib o'tadi. Yosh Rene avvaliga Bonapart liseyida o'qiydi. Bolaligidan muxandis bo'lishni orzu qigan Syulli politexnika kollejiga xujjat topshiradi-yu, biroq ko'zida jiddiy kasallik borligi sabab o'qishga qabul qilinmaydi. Chorasiz qolgan Rene tirikchilik vajidan Kruzo shaxarchasidagi zavodda ishlay boshlaydi. Ayni damda falsafani o'rganadi, she'r yozishni mashq qiladi. 1865 yili u o'zining ilk she'riy to'plami "Stanslar va poemalar"ni nashrdan chiqardi va bu asar munaqqidlar tomonidan iliq kutib olindi, jumladan, mashxur fransuz yozuvchisi Sen-Byov ham asarga yuksak baho beradi. Shundan so'ng shoirning qator to'plamlari nashr qilina boshlaydi. "Singan guldon" poemasida alamli muxabbatdan siyoh bo'lgan qalbni nafis chizgilarda tasvirlaydi. Shoir lirik janrlarda kun qalam tebratgan, xususan, uning "Sinovlar", "Xilvatgohlar" kabi she'riy to'plamlari lirikaning ajoyib namunalaridir.1870 yili Pryudom xayotida ulkan yo'qotishlar ro'y beradi. U bir necha kun ichida ketma-ket onasi, tog'asi va xolasidan ayriladi. Shu yillarda Fransiya-Prussiya urushi boshlanib ketadi va bu urushda Pryudom ham qo'liga qurol olib, vatanini ximoya qilish uchun jangga otlanadi. Xayotning achchiq sinovlari va mamlakatda kezib yurgan urush nafasi shoirning ancha bukib qo'yadi. U og'ir kasallikka chalinib, to'shakka mixlanib qoladi. Kasal yotgan paytlarida vatanparvarlik hissi bilan sug'orilgan Harbiy taassurotlar", yurakni junbushga keltiradigan "Behuda muloyimlik" kabi she'riy asarlarini nashr ettirdi. Shoir "Adolat" nomli falsafiy poemasida inson adolatni tashqi dunyodan emas, o'z qalbidan izlashi kerak, degan fikrni olg'a sursa, "Vaqt" poemasida baxtga qiziquvchanlik, aql-zakovat saxovat va fidoyilik bilan erishmoq mumkinligi haqida mulohaza yuritadi. Pryudomning she'riyatdagi izlanishlari va mehnati inobatga olinib, u Fransuz akademiyasi a'zosi etib saylandi. 1902 yili o'zining sa'yxarakatlari hamda Joze-Mariya de Gerda va Leon Delar kabi adiblar ko'magida "Fransuz shoirlar jamiyati"ni tuzadi. Shvesiya akademiyasi a'zolari ijodkorga shunday ta'rif beradilar: "Sinchkovlik, kuzatuvchanlik hamda ma'naviy ulug'vorlik bilan yug'rilgan zakovat Syulli-Pryudomni boshqalardan ajratib turadi". Amerikalik tadqiqotchilardan biri shoir haqida shunday yozadi: "U poeziyani zulmat qa'ridan olib chiqdi, shuningdek, baxtga eltuvchi yo'l azob-uqubatlar, fidoyilik va qardoshlik muhabbati orqali o'tadi, deb o’qtirdi". Uzoq vaqt falajlikdan azob chekkan shoir 1907 yil 6 sentyabrda Shatney-Malabri shaxarchasida vafot etadi. Uning qanday inson bo'lganini asarlarida tarannum etilgan xayrli ishlarni nechog'lik amalga oshirganidan ham bilsa bo'ladi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan