SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Aktrisa Oybarchin Bakirova tavallud topgan kun
1950-06-26

 Kinoaktrisa Oybarchin Bakirova 1950 yil 26 iyun kuni Andijonda tug'ilgan. 1971 yilda Toshkent teatr va rassomlik instituning “Drama va kino” fakultetini tugatgan. Institutda akterlik mahorati bo'yicha X.M.Kojevnikov, sahna nutqi bo'yicha Nazira Aliyeva, sahna xarakteri bo'yicha Arsen Ismoilovlardan tahsil olgan. Oybarchin Bakirova mashhur o'zbek san'atkorlari oilasida dunyoga keldi, o'sib voyaga etdi, ta'lim-tarbiya oldi. Uning otasi Abbos Bakirov el nazariga tushgan teatr va kino aktyori, onasi esa teatr aktrisasi va xushovoz xonanda edi. Ular uzoq yillar Andijondagi musiqali drama teatrida faoliyat ko'rsatib, butun ongli hayotlarini o'zbek san'atining ravnaqiga bag'ishladilar. Oiladagi ana shunday ijodiy muhit Oybarchinning kino san'atiga mehr qo'yishida, kelajakda kinoaktrisa bo'lib etishishida muhim omil bo'lganligi tabiiy. Oybarchin Bakirova aktyorlikni juda erta, birinchi kurs talabalik yillaridayoq Anatoliy Qobulovning “Yoz yomg'iri”(1968) filmida epizodik rol o'ynashdan boshlab, birin-ketin rollar ijro etgan. F.Zaynutdinovning “Orzular og'ushi”dagi Halima opa, F.Davletshinning “Amirning xufyona sayohati”dagi Sharofat, A.Hamroyevning “Vodiylik kelin”dagi Nuriniso, R. Malikovning “Klinika”sidagi doktor Zaripovlar uning kinodagi birinchi rollari bo'ldi. Uning ko'pchilik kinotomoshabinlarning nazariga tushishida kinorejissyor M. Abzalovning kinodramaturg R.Muhamadjonov ssenariyasi asosida 1986 yilda suratga olingan “Armon” badiiy filmidagi Boyxotin obrazi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Oybarchin Bakirova bu roli uchun 1987 yil O'zbekiston kinomatografchilar ta'sis etgan “Billur kinokamera” mukofotiga sazovor bo'ldi. So'nggi yillarda Oybarchin Bakirova O'zbekiston Teleradiokompaniyasining dublyaj guruhlarida faol qatnashib, “Mahobxorot”, “Muhammadun Rasululloh”, “Mirza G'olib”, “Muhabbat Qahvasi”, “Oshin”, “Ishq Ertagi”, “Aliya”, “Ishkomli uy”, “Bahor tarovati”, “Yoz yomg'iri” kabi kinoseriallarga ovoz berib, televidenie orqali har bir o'zbek xonadoniga kirib bordi. Doimo izlanishda va ijodiy ish bilan band bo'lgan O'zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova mustaqillik sharofatidan bahra olib, bugungi kun talabiga javob beradigan yangi-yangi obrazlar yaratish ustida mehnat qilmoqda.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan