Fransiyada Shokolad yarmarkasi kuni
0000-11-09

Shirin hayotni ko'rishni
hoxlasangiz unda Lion shahriga borishingizga to'g'ri keladi. Bu yerda 9 dan 11 noyabrgacha Salon
du Chokolat yarmarkasi bo'lib o'tadi. Birinchi shokolad yarmarkasi Lion
shahrida o'tgan yili bo'lib o'tgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Bularni
hisobga olgan tashkilotchilar shirinlikni xush ko'ruvchilarga sovg'a sifatida
bayramni har yili o'tkazishga qaror qilishdi.Yarmarka qatnashchilari ichida Yevropaning 100 dan ortiq shokolad
ustalari va ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bor. Yarmarka mehmonlari har kuni
shef povar va konditerlarning tansiq noz-ne'matlarni tayyorlash jarayonlarini
kuzatishlari mumkin. O'z ishining ustalari
o'zlarining bilimlari, shirinlikni tayyorlash sirlari bilan o'rtoqlashadilar.
Bundan tashqari, tadbir o'tkazilayotgan vaqtda pazandalik kurslari ishlab
turadi va hamma xohlovchilar shokoladli shirinlikni tayyorlash usullarini
o'rganishlari mumkin. Bolalar uchun alohida qandolatchilar xizmat qilishadi.
Quvnoq o'yin formasida bolalarga shirinlikni tayyorlashga ijodiy yondashishni
o'rgatadilar va bu haqiqiy san'at ekanligini tushuntiradilar. “Shokolad saloni”
doirasida Chokolate Show fashion o'tkaziladi. Shokolad moda dunyosiga kirib
bormoqda, modelerlar va pazandalarning birgalikdagi ijodi natijasida ajoyib
shoh asar dunyoga kelmoqda. Shou faqatgina shirin bezaklar bilangina emas, asl illyuminasiyasi va yorqin mushaklari bilan ham
esda qoladi.