SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Amerikalik mashhur qo'shiqchi Jozef Ayra Dassen tavallud topgan kun
1938-11-05

Jo Dassen-buyuk musiqachi bo'lib, u haqda to'xtovsiz gapirish mumkin. Uning ijodida hamma narsa-lirizm, samimiy hissiyot, noziklik va qandaydir sirlilik bor. Buyuk fransuz artistining ashulalarini eshitar ekansan, xuddi ular sen uchun yozilganday tuyuladi. Aynan shuning uchun ham bugungi qahramonimizning shuhrati uning o'limiga ko'p yillar bo'lgan bo'lsa-da so'nmadi. Jozef Ayra Dassen 1938 yil 5 noyabrda Nyu-York shahrida tug'ilgan. Jozefning onasi butun umri davomida skripka chalgan, ko'plab konsertlarda ishtirok etgan, otasi-Jyul Dassen-kinorejissyor sifatida Amerika kinematografiyasida ishlagan, shuning uchun ham qahramonimiz hayotining asosiy qismi san'at va ijodkorlar davrasida o'tgan. Ota-onasi uni doimo konsertlarga olib borganlar. Onasi yosh yigitni musiqaga o'rgatgan. Jo Dassen yoshligida musiqachi bo'lishni emas, kinoaktyor bo'lishni orzu qilgan. U tez-tez otasi ishlaydigan suratga olish maydonida paydo bo'lardi, bundan tashqari kino dunyosida o'z karyerasiga ega bo'lishni xohlar edi. Maktabni tugatgandan so'ng Michigan universitetining etnografiya fakultetiga topshiradi. Ammo keyinchalik ilmga oid qarashlari o'zgardi. Studentlik davrlarida Dassen ilk bor qo'shiq aytib, gitara chala boshlaydi. Do'stlari va hamkurslari davrasida qo'shiqlar ijro etib, atrofdagilar orasida mashhurlikka ega bo'la boshlaydi. Birmuncha vaqt Detroytdagi tungi estradali kafeda ishlab qo'shimcha pul topadi va talantli fransuz o'zining birinchi ixlosmandlarini topishga muvaffaq bo'ladi. Universitetni bitirgandan so'ng Jo Dassen ota-onalarining vatani Fransiyaga ko'chib keladi. 50- yillar oxiri 60- yillar boshida bir necha filmlarda suratga tushadi. Lekin bu rollari unga shuhrat olib kelmaydi. Aynan shundan keyin Jo Dassen estrada karyerasi haqida jiddiy o'ylay boshlaydi. 15 yillar davomida qo'shiqchi eng yorqin va ko'zga ko'ringan artistlar qatoridan (nafaqat Fransiya, balki butun Yevropa bo'ylab) joy oldi. Shu vaqt davomida qo'shiqchi 19 ta plastinkalar, bundan tashqari, konsert dasturi yozilgan disklar to'plamini chiqardi. Uning “Etsi tu n’existais pas”, “L’Amerique” , “A toi”, qo'shiqlari chinakamiga o'lmas xitlarga aylandi. U ko'plab yirik mukofotlarga loyiq deb topildi. D.Dassen musiqalarini ko'pgina kinolarda eshitish mumkin. Artist konsertlari bilan dunyoni aylanib chiqdi. U Fransiyaning chinakam ramziga aylandi va Yevropa tarixidagi buyuk qo'shiqchilari qatoridan joy oldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan