SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Amerikalik teatr va kino artisti Vupi Goldberg tavallud topgan kun
1955-11-13

Vupi Goldberg –amerikalik teatr va kino artisti, teleboshlovchi, prodyuser, ssenarist. Amerikaning 4 ta asosiy, eng nufuzli : “Oskar”, Grelli”, “Toni” va “Emmi” mukofotlariga sazovor bo'lgan kinematografiyaning kam sonli yulduzlaridan biridir. Bundan tashqari mukofotlari ichida yana ikkita , “Oltin globus”, BAFTA va “Zvezda na Allee slavi”lar ham bor. Vupi Goldberg 13 noyabr 1955 yil Nyu-Yorkda, kambag'al oilada tug'ilgan. Uning haqiqiy ismi-Kerin Eleyn Djonson. Vupining aktyorlik talanti yoshligidayoq ko'zga tashlanadi. 8 yoshligida qizcha Elen Rubinshteyn bolalar teatri sahnasida rol ijro etadi. Biroq, disleksiya tufayli o'rta ma'lumot olishga erisha olmaydi. Kerin yoshligida narkotik qabul qila boshlaydi. Uning o'limga olib boruvchi bu maylini tashlashga bo'lajak eri 1970 yillardagi “Narkotiklarga qarshi” kurash harakatining faol a'zolaridan biri Elvin Martin yordam beradi. Kerin uzoq yillar o'zining aktyorlik havasini unutib, tungi qorovul, quruvchi va boshqa sohalarda ishlab yuradi. 1974 yil uni San-Diegodagi “Repertori Tietr” yangi teatr truppasiga taklif qiladilar. Vupi eridan ajralib Nyu-Yorkdan jo'nab ketadi. “Mamasha kuraj” spektaklidagi roli uning debyut roli hisoblanadi. 1983 yilda Vupi “Arvohlar shousi” pyesasini sahnalashtiradi. Bu pyesadagi hamma oltita rolni ham o'zi o'ynaydi. Shou katta yutuqlarga erishadi, aktrisa Amerika, Kanada, Yevropa bo'ylab gastrollarga chiqadi. Brodveydagi chiqishlaridan so'ng uni “Iusus Xristos – super zvezda” myuzklga taklif qilishadi. 1985 yil Stiven Spilbergning “Liloviy svet” filmida suratga tushadi.. Rolni qoyilmaqom qilib ijro etganligi uchun “Oltin globus” va “Oskar” mukofotiga sazovor bo'ladi. Aktrisa turli janrdagi kinolarda o'ynaydi: komediya, detektiv, fantastika. U ko'plab kinolarda; “Gomer va Eddi”,”Serafina”, “Igrok”, Djek-Poprigun”, “Vorovka”, “Rokovaya krasotka”da rollar ijro etgan. Seriallarda suratga tushgan, turli filmlarga ovoz bergan. Kinematografiya sohasidagina emas televideniyada ham muvaffaqiyatli karyeraga ega. Bir necha yillar “Komicheskaya pomoщ” nomli yumoristik shouning doimiy qatnashchisi bo'lgan, mualliflik tok-shousini olib borgan, 1994 yil “Oskar” mukofotini topshirish marosimini boshqargan. Hali hozirgacha turli marosimlarda olib boruvchi sifatida qatnashib ulkan yutuqlarga erishmoqda va kinolarda faol suratga tushmoqda. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan