SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Jurnalist Ekaterina Sergeevna Andreyeva tug'ilgan kun
1961-11-27

Ekaterina Sergeevna Andreeva 1961 yil 27 noyabrda Moskvada tug'ilgan. Rossiya jurnalisti, aktrisa, “Vremya” ko'rsatuvi boshlovchisi. Otasi Gossnab raisi o'rinbosari, onasi uy bekasi. Singlisi Svetlana yoshligida basketbol bilan shug'ullangan, ozroq muddat Olimpiya zahiralari maktabida o'qigan. Andreeva 1990 yilda N.K.Krupskaya nomidagi Moskva pedagogika institutini tugatgan, Butunittifoq yuridik institutida sirtdan o'qigan. Bosh Prokuraturada referant bo'lib ishlagan. 1990 yilda radio va televideniya ishchilari kvalifikatsiyasini oshirish Butunittifoq kurslariga kiradi. “Diktorlar maktabi”da Igor Kirillov qo'li ostida tahsil oladi. 1991 yildan televideniyada ish boshlaydi. “Ostankino” Markaziy televideniya va teleradiokampaniyasida diktor, “Dobroe utro” ko'rsatuvi olib boruvchisi, 1995 yildan ORT telekompaniyasida: Informatsion ko'rsatuvlar redaktori, “Novosti” ko'rsatuvi boshlovchisi lavozimlarida ishlaydi. 1998 yildan birinchi kanalda “ORT” telekompaniyasi “Vremya” ko'rsatuvining doimiy boshlovchisi. “Internet” orqali o'tkazilgan so'roqnomalar natijalariga ko'ra 1999 yilda Rossiyaning eng chiroyli boshlovchisi deb tan olingan. 2006 yil mamlakat teleradioeshittirishlari rivojlanishiga qo'shgan katta hissasi va ko'p yillik samarali mehnati uchun “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlangan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan