SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Aktyor Vladimir Mashkov tavallud topgan kun
1963-11-27

Vladimir  Mashkov 27 noyabr 1963 yilda Tulada tug'ilgan. Otasi Lev Petrovich qo'g'irchoq teatrida aktyor edi, onasi Natalya Ivanovna shu teatrda rejissyor bo'lib ishlar edi. L.Petrovichning millati yevrey, Vladimir  Mashkovning buvisi esa Shveytsariyalik italyan edi. U Rossiyaga o'qituvchi bo'lib ishlash uchun keladi, bu yerda u turmushga chiqadi va qizi Natasha tug'iladi- aktyorning bo'lg'usi onasi. 1960 yillar o'rtalarida Mashkovlar oilasi Novokuznesk shahriga ko'chib o'tadi. 80- yillar boshlarida Vladimir Mashkov Novosibirsk Davlat universitetining biologiya fakultetiga o'qishga kiradi, lekin qarorini o'zgartirib bir yildan so'ng Novosibirsk teatr uchilishasiga topshiradi. 1984 yil mushtlashgani uchun o'qishni davom ettirishga ruxsat etilmaydi. Mashkov Moskvaga ketadi va Tarxanov rahbarligidagi MXAT studiya-maktabiga kiradi. U yerdan ham bebosh fe'l-atvori uchun haydaydilar. Ko'p o'tmay Oleg Tabakov bilan shug'ullana boshlaydi, keyinchalik o'zi rahbarlik qilgan teatrda rol ijro eta boshlaydi. V. Mashkovning “Zeleniy ogon kozi” filmidagi birinchi debyuti 1989 yilda bo'lib o'tadi. 1989 yilda yana “Delay- raz” va “O'lim orolidagi sevgi” filmlarida ham suratga tushadi. 1990 yil MXAT studiya-maktabini (Oleg Tabakov kursi) tugatadi. 1994 yil Vladimir  Mashkov uchun omadli keldi. Yosh Rossiya rejissyorlarining “Limita” filmida Denis Yevstigneev va “Podmoskovya kechalari” filmida Valeriy Todorovskiy kabi asosiy rollarni ijro etadi. Bundan keyin Mashkov “Amerikalik qiz” filmida va bir qancha gollivud filmlarida ham suratga tushadi. Oleg Tabakov teatr studiyasi sahnasida rejissyor sifatida ham faoliyat ko'rsatadi. “Mahalliy vaqt bilan yulduzli on”, “Strasti po Bumbarashu” va “O'lim raqami” spektakllarini sahnalashtiradi. 1997 yil Vladimir Mashkov “O'g'ri” filmida asosiy rolni o'ynab “Oskar” mukofotiga sazovor bo'ldi. 2008 yil GTA IV nomli kompyuter o'yini birinchi va birinchi haftada sotilishi natijasiga ko'ra rekord natijaga erishganligi uchun Ginneslar kitobiga kirgizildi. Uning asosiy qahramoni Niko Bellik Vladimir Mashkovning “V tilu vraga” filmidagi serb killeri Sasha obraziga o'xshatib yaratilgan. 2011 yil qo'g'irchoq teatridag eng yaxshi erkak va eng yaxshi ayol roli uchun rejissyor N.I.Nikiforova nomidagi mukofot va “Oltin shercha” haykalchasiga ta'sis etildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan