SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Teatr va kino aktrisasi Lyudmila Gurchenko tavallud topgan kun
1935-11-12

1935 yil 12 noyabrda Rossiya teatr va kino aktrisasi estrada qo'shiqchisi L.Gurchenko dunyoga keldi. 1953 yil o'ninchi sinfni tugatib, Moskvaga boradi va VGIK ga o'qishga kiradi. Diplom ishida Teodoru Drayzerning “Zapadnya” sahna kompozitsiyasidagi “Keto va Kote” operettasida Keto va Imodjin rollarini ijro etadi. Bu rollarida u ham o'ynagan, raqsga tushgan, hamda royal chalgan. 1956 yildagi Yan Fridning “Haqiqat yo'li” filmidagi roli uning kinodagi debyut roli hisoblanadi. Xuddi shu yili mamlakat ekranlarida E.Ryazanovning “Karnaval kechasi” nomli yangi yil komediyasi namoyish etiladi. Undagi asosiy rollarni Igor Ilinskiy va student L.Gurchenko ijro etganlar. Keyingi yil aktrisa “Gitarali qiz” komediyasida suratga tushadi. 1970 yillarda uning “Tamakili kapitan” (1972), “Poxolli shlyapa” (1974), “Oyi” (1976), “Ko'kdagi qaldirg'ochlar” (1976) qo'shiqlari xitga aylangan. L.Gurchenko qo'shiqlari yozilgan bir qancha plastinkalar chiqarilgan. 2011 yil L. Markovna Zemfirning “Xohlaysanmi?” qo'shig'iga olingan klipda oxirgi marta suratga tushdi. Klipda L.Gurchenko ashula aytadi, hayotdan ko'z yumgan kinodagi partnyorlari- Oleg Yankovskiy, Andrey Mironov, Aleksandr Abdulov, Yuriy Nikulin va boshqa aktyorlar o'yinga tushadilar. Klip L.Gurchenkoning vafotidan bir oy oldin suratga olingan. 2011 yilda 30 martda Gurchenkoning yuragi urishdan to'xtadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan