
Shu kuni konstruktor Gustav Eyfel minora cho’qqisida
Fransiyani bayrog’ini o’rnatdi. Bugun Eyfel minoraning konstruksiyasi-Fransiyada eng tanilgan,
diqqatga sazovor me'moriy joylaridan
bo’lib, dunyoda Parij ramzi hisoblanadi. Konstruktorning o’zi uni -oddiy, 300 metrli minora deb
biladi. Eyfel minora vaqtinchalik
inshoat bo’lib, 1889 yilda o’tkaziladigan Butunjahon ko’rgazmaning kirish
arkasi sifatida qurilgan edi. Yigirma yildan so’ng inshoat buzib tashlash rejalashtirilgan, ammo faqat
cho’qqida o’rnatilgan radioantennalar
olib tashlangan. Fransuz inqilobining
yuz yilligiga bag’ishlab, Fransiya xukumati Butunjahon ko’rgazma uyushtirish
mo’ljalladi va Eyfel minorasiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha loyixalar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda
107 da'vogarlar qatnashdi,
Gustav Eyfel loyixasi birinchi o’rinni egallaydi. “Fransiya -300
metrli bayroq o’rnatiladigan tik xodaga
ega bo’lgan yagona mamlakatdir ” -sevinch bilan
ta'kidlaydi Eyfel. Qiriq yil mobaynida u dunyodagi eng baland minora
bo’ldi. 1930 yili Nyu-Yorkda Kraysler Bilding undan o’tib ketdi. Televizion
minora - radio televizion uzatish stansiyasi; televideniye, radioeshittirish,
radiotelefon va radiotele aloqasi antennalari o’rnatiladigan tayanch.
Balandligi televizion stansiyaning ta'sir radiusiga va uzatuvchi televizion
antennaning soni hamda o’lchamiga qarab belgilanadi. Televizion minora qanchalik baland bo’lsa, antennalarning ta'sir doirasi
shunchalik keng bo’ladi. Televizion minoraga bir nechta televizion
antennalardan tashqari ultraqisqa to’lqinli radio eshittirish antennalari, radioreleli aloqa, ko’chma
radiotelefon antennalari o’rnatilishi mumkin. Ba'zan Televizion minoraga
meteorologik kuzatish asboblari ham o’rnatiladi. Televizion minora metall
(po’lat) yoki temir-betondan turli me'moriy yechimlarda quriladi. Katta
shaharlardagi Televizion minoralarning ko’pida shahar manzarasini kuzatish
uchun maydoncha, kafe yoki restoran bo’ladi. Minora ichiga barcha
kommunikatsiya vositalari, yukorigi ichki qismiga radiouzatkich va boshqa
elektron jihozlar joylashtiriladi. Dunyodagi eng baland Televizion minoralardan
biri Ostankino (Moskva)dagi Televizion texnika markazidir (