
1886 29 yil mart oyida Atlantada polkovnik Djon Pemperton,
ma'lumoti bo’yicha farmatsevt, bosh og’rig’idan bir chora topish uchun izlanishlar olib boradi. Shu maqsadda karamel
rangli allambalo sharbat tayyorladi. Sharbat tayyorlashda koka barglarini qaynatmasi, shakar va kofein ishlatadi. Sirop shirin va quyuq bo’lib, tetiklik
xususiyatiga ega bo’ldi. Pemberton kashfiyotining mazasidan zavqlanib o’z
mahsulotini “Djeykobs” dorixonalarida 1 stakani 5 sentdan sota boshladi.
Keyinchalik sharbatga gazli suv qo’shildi. Taxminan, shu paytdan sharbat
“Koka-Kola”deb nomlandi. Sharbat nomi va
yozuvini Djon Pembertonning do’sti va
sherigi Frenk Robinson o’ylab topdi.
Pemberton o’limidan so’ng muvaffaqiyatli biznesmen Aza Kendler “Koka-Kola”retseptini uning
bevasidan 2300 dollarga sotib oladi.
Ichimlik metall idishda chiqa boshlanadi. 10 yil mobaynida “shifobaxsh ichimlik” hisoblandi. 1893 yil 31 yanvar kuni
Amerika Qo’shma Shtatlarda “Koka-Kola”tovar belgisini oldi va rasmiy ravishda
qayd etildi. Aynan shu 1893 yilda Nyu-Bernlik
yosh farmatsevt Kaleb Bredxem gazli suv, shakar, vanil, noyob yog’lar va
kola yong’oklaridan foydalanib
farmatsevtik aralashma ustida tajribalar
o’tkazadi. Bu “Bred ichimligi” aptekalarda quvvatlantiruvchi,
quvnoqlantiruvchi va ovqatni xazm
qiluvchi sharbat sifatida
sotildi. Besh yildan so’ng ichimlikga (pepsin - hazm qildiruvchi ferment va kola yong’oqlari qo’shilganligi uchun)
“Pepsi-Kola”nomi berildi.1902 yili Kaleb Bredxem “Pepsi-Kola kompani”
kompaniyasini tashkil etadi. Mana bir asrdan beri ikki taniqli «Koka-Kola» va
«Pepsi-Kola»dunyodagi eng ommalashgan ichimlik nomini olish uchun bellashmoqdalar.