
Samandar Hamroqulov 1978-yil 23-dekabr kuni Namangan viloyatining
Namangan shahrida, san'atkor va qiziqchi Rustam Hamroqulovlar oilasida tavallud
topdi. U Farobiy nomidagi 2-maktabga boradi. Maktabda o'qib yurgan vaqtlarida
ustoz san'atkorlar qo'shiqlarini hirgoyi qilib kuylab yurardi. Maktabdan so'ng
Toshkent Davlat San'at institutining "Musiqali drama" fakultetini
tamomlaydi. Samandarning ilk ijodidagi "Sevgi fazosi" qo'shig'i xit
darajasiga yetdi. So'ng "Asalim go'zal", "Samandar tangosi"
hamda 2002-yilda suratga olingan Rustam Sa'diyevning "Muhabbat
sinovlari" filmiga ishlangan "Sen o'zing" soundtrekni juda ham
ommalishib, xit tarona darajasiga yetdi. Xonanda nafaqat qo'shiqchi, balki u
kinofilmlarda bir-biridan ajoyib rollarnin ijro etadi. Xurshid Do'stmuxammad
asari asosida Sobir Dadamuhamedov suratga olgan "Chayon gul",
"Muhabbat sinovlari-1" va "Muhabbat sinovlari-2" filmlarida
bosh rolni ijro etdi. Bundan tashqari rejissyor Jahongir Qosimovning
"Taqdir", "To'da", Axad Farmonovning
"Muhabbatimsan" va Zebo Navro'zovaning "Yarim baxt"
filmlarida ham bosh rollarni a'lo darajada ijro etib kelgan. Samandar
Hamroqulov bir qancha mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 2002-yil "Tarona"
mukofotida "Musiqada yil yangiligi", 2003-yil "Nihol"
mukofoti sovrindori, 2004-yilda esa yana "Tarona" mukofotining
"Yil qo'shiqchisi" va albatta 2007-yilda O'zbekistonda xizmat
ko'rsatgan artist mukofotlari bilan taqdirlandi.