
Bastakor Eldor Qayumov 1982-yil 26-dekabr kuni Farg'ona viloyatining
Marg'ilon shahrida tavallud topdi. Uning bolaligidan qo'shiqqa ishtiyoqi baland
bo'lgan. Birinchi sinfdan boshlab maktabning barcha tadbirlarida ishtiroki etib
kelgan. Xattoki maktab drama va qo'shiq to'garaklarida faol ishtirok etgan.
Aynan shu to'garaklarda xonanda anchagina malaka oshirdi. Maktabni
tamomlagandan so'ng Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya institutining
"Geodeziya va kartografiya" fakultetini tamomlaydi. Institutda o'qib
yurgan kezlari Eldorda she'r yozishga bo'lgan ishtiyoqi uyg'onib qoladi. Hamda
koplab xonandalar uchun qo'shiq ham yozishni boshlab yuboradi va o'zi ham ijod
qilishga kirishadi. Uning xit taronasi "Atrofimda" qo'shig'i bo'lgan.
Aynan shu qo'shiq yosh ijodkorning ilk ijodi edi. Xozirgi kungacha Eldor 10dan
ortiq qo'shiq va kuylarni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Uchta klip va "Atrofimda" deb nomlangan
albomini o'z muhlislariga havola etdi. Xonanda ko'plab yulduz san'atkorlar
bilan hamkorlik qiladi. Sardor Raximxonning "Ey Foriya",
"Bayon" guruhining "Sen ketma", Dilso'zning "Jonim
ozori" qo'shiqlar so'zini va musiqasini aynan Eldorning o'zi yaratgan. Bundan
tashqari "Ato", "Xo'ja" guruhlariga, xonandalar Dineyra,
Alisher Uzoqov, Oybek va Nigora hamda yana ko'plab xonandalar uchun qo'shiq va
kuylar bastalashdan charchamaydi. Ijoddan bo'sh vaqtlarida esa xonanda
kinofilmlarning ashaddiy muhlisi.