SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242627
28      
Xonanda Muzaffar Abduazimov tavallud topgan kun
1977-12-26

Xonanda Muzaffar Abduazimov 1977-yil 26-dekabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U S.Rahimov tumanidagi 134-maktabni a'lo baholarga tamomladi. Maktabda o'qib yurgan davrlarida 2-sinfdan onasi uni rubob to'garagiga beradi va rubob sirlarini o'zlashtira boshlaydi. Maktabdan so'ng O'zbekiston Davlat Madaniyat oliygohining "Ommaviy tadbirlar rejissurasi" fakultetida tahsil oladi. Bolaligidan san'atga qiziqa boshlagan Muzaffar 1991-1992 yillar ustoz san'atkorlarning qo'shiqlarini havaskor sifatida kuylab yurgan. O'zining ilk ijodini esa 1997-yil "Kelinchak" qo'shig'i bilan boshlaydi. Uning xit taronasi esa 2000-yilda ijro etgan "Oh deyman" qo'shig'idir. "Dard", "Galdi qalam qoshli yor" qo'shiqlari ham xit taronalar o'rnidan joy oldi. Xozirgi kungacha xonanda 50ga yaqin qo'shiq, 20ta klip va "Oh deyman" hamda "Dard" albomlarini o'z muhlislariga havola etdi. Xonanda yosh bo'lishiga qaramay o'z muhlislariga konsert dasturlarini ham havola eta oldi. 2001-yilda A.Navoiy san'at saroyida "Oh deyman" va 2005-yil "Turkiston" saroyida "Dard" nomli konsert dasturi bilan ishtirok etadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan