SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Xonanda O'lmas Olloberganov tavallud topgan kun
1971-07-25

O'lmas Olloberganov 1971-yil 25-iyul kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida tavallud topdi. U Kogondagi 5-o'rta maktabda tahsil ola boshladi. 4-sinfdan esa musiqa maktabining xalq cholg'ularidan qashqar rubobi bo'yicha tahsil oldi. Maktabdan so'ng esa Buxoro Davlat musiqa bilim yurtining xalq cholg'ulari fakultetiga o'qishga kiradi. Xonanda bilim yurtida 4 yil davomida o'qib, ushbu bilim yurtini qizil diplomga tamomladi. U xalq cholg'u ko'rik tanlovlarida mutloq g'olibliklarni qo'lga kiritgan.1990-yil oshkent Davlat Konservatoriyasiga imtiyozlari bo'lgani uchun imtihonsiz qabul qilinadi. U harq kafedrasining an'anaviy ijrochilik fakultetini tamomlaydi. O'qishi davomida mintaqaviy xalqaro maqomchilar ko'rik tanlovlarida ham ishtirok etib, mutloq g'olib bo'ladi. Ilk ijodini u 1995-yilda Fuzuliy g'azali bilan kuylangan "Qurbon o'lam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit taronalar qatoridan joy oldi. Keyingi xit taronalari esa "Parizod", "Kutaman", "Lola", "Xorazm lazgisi" va eroncha "Faromush" qo'shiqlari ham xit darajasiga yetdi. O'lmas Olloberganov Tojikiston, Turkiya, Fransiya, Angliya, AQSh, Ukraina, Ozarbayjon va Yaponiya davlatlarida gastrol safarlarida bo'lib, O'zbekiston nomini cho'qqilarga ko'targan. Xozirgi kungacha xonanda 200dan ortiq qo'shiqlarini, 20dan oshiq kliplarini va o'zining 5ta "Parizod", "Kutaman", "Azizim", "Bu xayot" va "Klassik qo'shiqlar" albomlarini o'z muhlislari e'tiboriga havola etdi. 2006-yilda esa xonanda "Turkiston" saroyida o'zining "Kutaman" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan