SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
O’zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etilgan kun
0000-10-11

Yo‘l va transport kommunikatsiyalari tizimidagi bunyodkorlik ishlari mamlakatimizning jahon bozoriga faol integratsiyalashuviga, hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilashga, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotir. Davlatimiz rahbarining 2009-yil 22-aprelda qabul qilingan “2009-2014-yillarda O‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2010-yil 21-dekabrda imzolangan “2011-2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari bunda muhim dasturilamal bo‘layotir. O'zA. Toshkentda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) Integratsiya qo'mitasi huzuridagi Transport siyosati bo'yicha kengash majlisi bo'lib o'tdi. Unda Hamjamiyatga a'zo mamlakatlar transport vazirliklari va idoralarining rahbarlari, shuningdek, MDHning Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi va MDH yo'lsozlarining hukumatlararo kengashi hamda YevrAzESga a'zo davlatlar xalqaro avtomobil tashuvchilarining milliy uyushmalaridan vakillar ishtirok etdi. Majlisda O'zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi boshqaruvi raisi Ravshan Fayzullayev Yevroosiyo mintaqasida yuk va yo'lovchi tashish hajmi ortayotgani YevrAzES doirasida transport idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni taqozo etayotganini ta'kidladi.Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishga sarmoya jalb qilish, yo’lovchi va yuk tashish bo'yicha muayyan yo'nalishlarda xizmat ko'rsatadigan qo'shma korxonalar tuzish va ularning faoliyatini rag'batlantirish, yuklarning multimodal (aralash) tashilishini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha taklif-tavsiyalar tayyorlash, transport yo'laklarini shakllantirish va rivojlantirish borasida Hamjamiyatga a'zo mamlakatlarning o'zaro kelishilgan siyosatini ishlab chiqish masalalari ham majlis qatnashchilarining diqqat markazida bo'ldi. Shu bilan birga, transportda xavfsizlik choralari belgilangan xalqaro huquqiy hujjatlarni joriy etish, shuningdek, YevrAzES doirasida qabul qilingan transportning alohida olingan turlarida xavfsizlikni ta'minlash, tashilayotgan yuklarni but saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Transport ittifoqini shakllantirish to'g'risidagi bitimni amalga oshirish uchun a'zo mamlakatlar transport vazirliklari va idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, transport tizimlarining o'zaro kelishib ish yuritishini ta'minlash, transport sohasiga oid davlatlararo dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko'maklashish 2002 yilda tashkil etilgan mazkur kengashning asosiy vazifalaridandir.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan