SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Pedagogika universiteti tashkil etilgan kun
1998-09-14

Pedagogika Universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (Yusuf Xos Hojib ko’chasi, 103) - malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlaydi. 1935 yil 14 sentyabrda O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan. 1953-98 yillarda Toshkent pedagogika instituti deb nomlangan. 1998 yil universitet maqomi berilgan. 1947 yildan ozarbayjon shoiri va ma’rifatparvari Nizomiy nomi bilan ataladi. Universitet matematika va informatika, fizika va astronomiya, kimyo va ekologiya, biologiya va inson hayot-faoliyati muhofazasi, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, pedagogika va psixologiya,  kasb ta’limi, musiqiy ta’lim, o’zbek tili va adabiyot, ona tili va adabiyot (rus,qozoq,koreys), chaqiriqqacha harbiy ta’lim, xorijiy tillar va adabiyot, milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish, maktabgacha ta’lim va bolalar sporti, defektologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, mehnat ta’limi yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda shu yo’nalishlarga kirgan 37 mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlaydi. Tarkibida 11 fakultet (matematika-fizika, tabiiy fanlar, san’at, pedagogika va psixologiya, boshlang’ich ta’lim, defektologiya, o’zbek tili va adabiyot, tarix, chet tillar, chaqiriqqacha harbiy ta’lim va jismoniy tarbiya, kasb ta’limi), 58 kafedra, magistratura bo’limi, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi, axborot texnologiyalari va masofaviy o’qitish markazi, innovatsion texnologiyalar markazi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan aloqa markazi, ta’lim jarayonini tashkil etish va oliy ta’lim muassasalariga ilmiy-metodik yordam ko’rsatuvchi o’quv metodik boshqarma, oliy o’quv yurtlariaro o’quv-metodik markaz, monitoring va ichki nazorat kabi 18 markaz va bo’lim, aspirantura, doktarantura, ixtisoslashgan ilmiy kengash, kutubxona (1mln.ga yaqin asar), universitet tarixi muzeyi bor (2008). 2007/08 o’quv yili universitetda 15174 talaba tahsil oldi,  1200 professor-o’qituvchi, jumladan 1 akademik, 84 fan doktori va professor, 277 fan nomzodi va dotsent, 4 O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, 8 O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi ishladi. Universitetda “Pedagogik ta’lim” (1999 yildan), “Axborot texnologiyalari” (2002 yildan) jurnallari, “Ma’rifat yo’lida” (1956 yildan), “Pedagog” (1956 yildan) ko’p tirajli  gazetalar nashr qilinadi. 2008 yilgacha universitet 424 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlagan.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy  ensiklopediyasi” Toshkent-2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan