SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Belgiyada оnalar bayrami
1832-03-05

5 mart kuni Belgiyada nishonlanadigan Onalar kuni bayrami yilning eng muxim bayramlaridan biridir. Mazkur bayram  Belgiyada ham o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lib u 1832 yildan boshlab milliy bayram statusiga ega bo’ldi. Xuddi XX-asrda bo’lgani kabi bugun ham Onalar bayramiga  Belgiyaliklar onalariga sovg’alar sotib olishadilar. Ushbu bayram munasabati bilan ko’p insonlar o’zlarining ish o’rinlarida bo’lmasdan balki uyda-oila davrasida bo’ladilar hamda ular Onalarga xaqiqiy bayram tuxfasini hozirlaydi. Ushbu kun onalar atrofida bo’lishga harakat qiladi. Ammo bu bayramni nishonlash an’anasi xar bir muayyan oilaning o’ziga xos jixatlariga bog’liq bo’ladi. Bir narsa o’zgarmasdan qoladiki ushbu kun barchada xushchaqchaqlik kayfiyati xukum suradi, chunki bu bayramning eng asosiy maqsadi: Bosh inson bo’lgan onaga xurmat ko’rsatishdan iborat bo’ladi. Onalar kuni ko’pchilikni bu bayramning qanday va kim tufayli paydo bo’lganligi savoli qiziqtiradi. Ammo ushbu masala bo’yicha bir xil fakir mavjud emas balki ushbu kun birinchi marta qanday nishonganligi haqida ko’plab farazlar mavjud. Boshqa mamlakatlarda Onalar kuni turli vaqtlarda nishonlanadi. Xamda mamlakatning madaniyati va u mamlakatlarda yashaydigan xalqlarning odatlariga bog’liq bo’ladi. Onalar kuni bayramining ildizi qadimgi Gretsiyaga borib taqalishi haqida yetarlicha fikirlar mavjud, chunki qadimiy Gretsiyada onalarga xudo sifatida tazim qilish odati bo’lgan. Agar ular onalari bilan birga bo’lmasalar qo’ng’iroq qilishadi, telegramma jo’natishadi. Agar onalari vafot etgan bo’lsalar ularning qabrlariga borib xotirlaydilar. Shuningdek ko’pchilik o’zlarining onalariga bayram tushligi yoki kechki ovqatlar tashkil etadilar yoki onalari bilan konsertlarga hamda sayru-sayoxatlarga chiqishadi.  Belgiyaning ayrim shaharlarida yana bitta qiziq an’ana mavjudki Onalar kuniga bag’shlab mo’dalar ko’rgazmasi tashkil etiladiki u ko’rgazmalarda madellar sifatida onalar ishtirok etadilar. Onalar yangi kiyimlarni, aksesuarlarni va taqinchoqlarni namoyish etadi. Albatta onalar bayramida buvilarini hamda tutingan onalarini ham tabriklashadi. Chunki ular ham onalaridir. Yevropa mamlakatlarida hamda Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Avstriya, Belorussiya, Daniya, Estoniya, Filyandiya, Germaniya, Drezden, Gretsiya, Islandiya, Ispaniyada  esa mart oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan