SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Taniqli musavvir Ro‘zi Choriyev tavallud topgan kun
1931-08-28

Taniqli musavvir, O`zbekiston xalq rassomi (1987)  Ro'zi Choriyev 1931 yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Poshxurt qishlog’ida tug’ilgan. Zarabog’, Boysun, Surxon, Termiz bolalar uyida tarbiyalangan. 1959 yili Respublika rassomchilik bilim yurtini, 1965 yilda esa Sankt -Peterburgdagi Le Repin nomidagi nafis san’at haykaltaroshlik va arxitektura institutini tugatib, Toshkentga qaytadi. Ish faoliyatini 1966 yili Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining tasviriy san’at bo’limida boshlagan; 1966 yilda Afrika, Italiya, Gretsiya, Kiprda ijodiy safarda bo'lib qaytdi. 1975 yildan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, 1976 yildan esa O’zbekiston xalq rassomi. Hamza nomidagi davlat mukofoti sovrindori (1985). O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, 2000 yilda musavvir "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi. Ro'zi Choriyev o'z asarlarida o`lka manzaralari, o`tmishi va buguni yuksak mahorat bilan aks ettirgan. Uning asarlari 1963 yildan buyon respublika va xalqaro badiiy ko`rgazmalarda namoyish etib kelinmoqda. Termiz shahrida  "Mannon Uyg'ur" nomidagi viloyat akademik va drama teatri yonida) faoliyat yuritib kelmoqda. 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan