SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Tailandda Muay Tay Milliy boks kuni
0000-03-17

Muay Tay-boks san'atining bir turi bo'lib,Tailandda Milliy sport hisoblanadi va bugungi kunda davlatda Milliy boks Kuni sifatida nishonlanadi. Bu ikki so'z ma'nosi tarjimada “San'at yoki sakkiz qo'l-oyoqlar fani”ni bildiradi. Sharq jangovor san'atida to'rt kontaktli (qo'l va oyoq panjasi), g'arbiy boksda ikki kontaktli Muay Tay sport turida, ulardan farqli, zarbalar va boshqa keskin xarakatlar sakkiz kontakt nuqtalar orqali bajariladi. Muay Tay jangchilari nak muay,g'arbiy bokschilari nak muay farang, “chet el boksyorlari” deb ataladi. Bayramda Nay Kxan Tom ismli jangchini dovrug'uni ko'klarga ko'tarishadi, chunki 1775 yilgi urushda u birmanliklar tomonidan asrga olinib, Rangun shaxrida birman bokschilari bilan jang qilishga majburlanadi. Uning mahoratiga xech kim teng kelolmaydi va Nay Kxan Tom 10 g'oliblikni qo'lga kiritadi. Shunda birmanliklar uni uyga qo'yib yuborishadi. Har bir taylik bola Nay Kxan Tom kimligini biladi. Tay kikboksing asoschilaridan Muay Boran va Krabi Krabong ham bor. Mashhur bokschilar safida Tony Jaa, Buakaw Por.Pramuk, Diesel Noi, Apidej Sit Hrun, Ramon Dekkers, Parenthood lar ham bor.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan