SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Falyas–valensiyliklarning bahor bayrami
0000-03-19

Qishning ohirgi kunlari faqat Valensiyada emas, butun Ispaniyada nishonlanadi, ammo Falyas boshqa bayramlardan farqliroq bo'lganligi bilan ajralib turadi. 19 mart kuni Valensiya sayyoxlar bilan juda gavjum bo'ladi(aholisi 800 ming bo'lsa, sayyohlar 2004 yili 2 millionni tashkil etdi). Falyas- katta qo'g'irchoqlarni tantanali, aniq aytganda, bayramona yondirish marosimi bo'lib, 19 dan 20 mart kuniga o'tar kechasi o'tkaziladi. Qo'g'irchoqlar yondirilishi-bu 1 mart kunidan pirotexnika paradi bilan boshlangan bayramning kulminasiyasi xisoblanadi. Mart oyining birinchi kunlarida Valensiya osmoni, ko'plab chiroyli pirotexnik salyutlar tufayli yangi yil archasiga o'xshaydi. O'zaro bellashuvda qatnashayotgan pirotexnik komandalardan tashqari, qora kuylak va bo'yinga katak ro'mol o'ragan maxsus guruxlar xam yuradilar. Ular yo'lovchilarning oyoq tagiga, ko'chalarga pitardalar tashlab kutilmas shovqin qiladilar. Yoshi, mansabi, jamiyatda qay o'rin egallashidan qat'iy nazar: bolalar, talabalar, qariyalar, bank xodimi bo'ladimi, barcha insonlar pitardalar tashlaydilar va bu bir necha kun davom etadi! Pirotexnik paradidan so'ng bayramni navbatdagi bosqichi-ximoyasizlarning Muqaddas Homiyiga gullar in'om qilinishi boshlanadi. Uch kun mobaynida shaxar aholisi bosh maydonga, Muqaddas ayol xaykaliga gullar olib keladi. So'ng katta stadionda butun aholi uchun ulkan paelya (taom) tayyorlanadi. Falyas bayramining asosiy lazzatli taomi- shokoladli ponchiklar bo'lib, har bir chekkada tayyorlanib sotiladi. Bayramda turli karnaval, maskarad, konkurslar o'tkaziladi. Go'zal qizlar (fayerlar) tanlanadi, ular 19 mart kuni bo'lib o'tadigan qo'g'irchoqlar yoqish marosimini boshlashni buyuradilar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan