SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192022232425
262728293031 
Xonanda Ida tavallud ropgan kun
1979-08-22

Ida 1979-yil 22-avgust kuni Toshkent viloyatining Yangi yo'l shahrida tavallud topdi. U 1-5 sinfgacha Lomonosov nomli musiqa maktabining skripka bo'limida o'qigan. Shu bilan birga "Bulbulcha" raqs va ashula dastasiga, 5-sinfda o'qib yurgan kezlarida esa xoreografiya bilim yurtida milliy raqs yo'nalishi bo'yicha tahsil oldi. Hozirda Plexanov nomidagi Iqtisodiyot universitetining "Biznes va ma'muriy ishlar" fakultetida tahsil oladi. U ilk ijodini 2002-yildan "Aida" qo'shig'i bilan boshladi. Ushbu qo'shiq Ida uchun katta muvaffaqiyat olib keldi. Hattoki, Ida "Baxt uchun million" filmida ham suratga tushgan va bu qo'shig'ini shu filmda ham ijro etgan. Keyingi qo'shiqlari esa "Baxtingman", "Sevib o'tsam ham", "Faqat seni", "Bir kun senga yetaman" "Bilaman" qo'shiqlari va Jahongir. O'z bilan kuylashgan "Hayot" dueti xonandaning xit qo'shiqlariga aylandi. Hozirgi kungacha Ida 15ga yaqin qo'shiqlarini o'z muhlislariga taqdim eta oldi. Uzoq tanaffusdan so'ng Ida yana ijodga sho'ng'idi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan