SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Xonanda Shoqosim Shojalilov tavallud topgan kun
1909-09-09

Shojalilovlar - aka-uka xonanda va sozandalar, o’zbek an’anaviy ijrochiligiga katta hissa qo’shgan san’atkorlar. Shojalilov Shoqosim (1909.9.9 — Toshkent — 1984.9.7) — xonanda va sozanda (tanbur), O’zbekiston xalq hofizi (1950). Toshkent musiqa texnikumini tugatgan (1927), O’zbekiston radiosining xalq cholg’ulari ansamblida sozanda va xonanda (1930—73). Shojalilov Shoolim (1921.21.5 - Toshkent - 1989.29.9) - hofiz va sozanda (tanbur, dutor). O’zbekiston radiosining xalq cholg’ulari ansamblida xonanda (1942—53). Shojalilov Shoakbar (1926.3.2 — Toshkent —1987.3.9) — hofiz va sozanda (tanbur, tor). Shojalilovlar  san’atkorlar oilasidan bo’lib, otasi Shojalil hofiz, amakisi Sh.Shoumarov, tog’asi To’ychi hofiz, shuningdek, Yu.Rajabiy, A.Vahobov, A.Haydarov, J.Sultonov, Domla Halim va boshqalardan maqom, ashula va cholg’u yo’llarini o’zlashtirganlar. Shojalilovlar lirik, diapazoni keng ovoz sohiblari bo’lib, hamnafaslik ijro uslubida o’ziga xos samimiylik va shiradorlikka erishgan. Shojalilovlarning ashula va maqom yo’llarini talqin etilishi ovozlar va jo’rnavoz sozlar hamo-hangligi, jumlalarning maromiga yetkazib aytilishi. milliy xonandalik an’analariga xos bo’lgan sayqal va qochirimlardan mohirona foydalanish, joziba va jo’shqinlik. mumtoz ijro uslubi bilan ajralib turadi. Repertuaridan Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari (“Bayot”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Gulyor-Shahnoz”, “Toshkent Irog’i”), ashula (“Ko’cha bog’i — 1-2”, “Ilg’or”, “Girya”, “Suvora”, “Munojot”, “Eshvoy”,  “Naylaram”) va yalla (“Fig’ondur”, “Hajringda”, “Jonon jamoling”) o’rin olgan. Shojalilovlar ijro etgan maqom va ashula yo’llari O’zbekiston teleradiokompaniyasi fonotekasiga, bir necha gramplastinkaga yozilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan