SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Xonanda Murod Rahmatullayev tavallud topgan kun
1980-09-09

Murod Rahmatullayev 1980-yil 9-sentyabr kuni Toshkent shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topgan. Uning onasi Zamira Rahmatullayeva dutorchi qizlar ansamblining sozandasi. Murod Rahmatullayev Mirobod tumanidagi 110-maktabni, 6-sinfdan esa Hamza nomidagi 3-musiqa maktabiga borgan. U bolaligidan qo'shiq aytishga ishtiyoqi juda baland edi va maktab tadbirlarida uning ijrosi do'stlari va ustozlari olqishiga sazovor bo'lib kelgan. Maktabdan so'ng 1995-yilda xonanda Hamza nomidagi musiqa kollejining maqom, an'anaviy ijrochilik bo'limiga borgan. 1999-yildan 2003-yilgacha O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining an'anaviy ijrochilik fakultetini tamomladi. Uning ilk ijodi 2000-yilda "O'tgan kunlar" qo'shig'idan boshlandi. Aynan bu qo'shiq xit qo'shiqlar qatoridan joy oldi. Hozirgi kungacha xonandaning 100 ga yaqin qo'shiqlari, 10 dan ortiq kliplari, "Yoz yomg'iri" va "Yorim-yorim" nomli albomlarini o'z muxlislariga havola etdi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan