SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Xonanda va aktrisa Madina Mumtoz tavallud topgan kun
1990-10-10

O'zbek Milliy teatrining aktrisasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ra'no Yarashevaning farzandi Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U 2 yoshligidanoq qo'shiq aytib katta teatr sahnasida rollar ham ijro etib kelgan. Madina "Semurg'", "Sehrli tambur", "Zolushka" bolalar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 8 yoshidan u "Tantana" bolalar ashula va raqs dastasi ishtirokchisi. S.Rahimov tumanidagi 2-musiqa maktabni, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyini tamomladi. Hozirda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi. Xonandaning xit taronasi "Qo'shchinor" va Diyor Mahkamov bilan kuylagan "Balli" duetidir. 15 dan ortiq qo'shiqlari va "Baxtli yo'l" albomini o'z muxlislariga havola etgan. Abduvohid G'aniyevning "O'zimdan-o'zimgacha", Bahodir Qosimovning "Yuzma-yuz" filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Madina Mumtoz 2010-yilda "Nihol" mukofoti sovrindori bo'ldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan