SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Biolog Djordj Emil Palade tavallud topgan kun
1912-11-19

Djordj Emil Palade 1912 yil 19 noyabrda Ruminiyaning Yassi shahrida tug'ilgan. Amerikalik biokimyogar, sitolog, Amerika fan va san'at Akademiyasi a'zosi. Buxarest universitetini tugatgan. 1946 yilgacha Buxarestdagi anatomiya Institutida ishlagan. 1946 yildan AQShda. 1946-73 yillarda Rokfeller meditsina tatqiqot instituti hujayralar biologiyasi bo'limi boshlig'i. 1973 yildan Yelsk universiteti meditsina maktabi professori va mudiri. Asosiy ishlari hujayralarning ultratuzilishini elektron-mikroskop ostida tekshirishga oid. Ilk bor ribosomalar va mitoxondriyalarni ta'riflab berdi (1953). 1974 yilda Nobel mukofoti laureati bo'ldi.( A.Klod va K.De. Dyuv bilan hamkorlikda) Germaniyaning “Leopol-Dina” tabiatshunoslik akademiyasining chet el a'zosi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan