SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Jurnalist Nelli Blay dunyo bo'ylab sayohatga otlangan kun
0000-11-14

22 yoshli dadil, epchil jurnalist Nelli Blay (haqiqiy ismi Elizabet Kokreyn, 1864-1922) “Nyu-York uorld” gazetasining reportyori Jyul Vernning “Dunyo bo'ylab 80 kun” romani qahramoni rekordini orqada qoldirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Bunday fantastik yutuqqa erishish uchun misli ko'rilmagan jasorat kerak edi, Nelli Blay bu natijani yangiladi, yerni 72 kun 6 soat 10 minut 11 sekundda aylanib chiqdi. Aloqaning eng oddiy vositalaridan va transportning oddiy turidan foydalandi. U 14 noyabr 1889 yil: Nyu-York-London-Parij-Brindizi-Sues-Seylon-Singapur-Gonkong-Iokogama-San-Fransisko-Nyu-York marshrut bo'ylab yo'lga chiqdi. Bu g'ayrioddiy sayohatni gazeta redaktsiyasi (noshir Djozef Pulitser) qo'llab- quvvatlab turdi. Jurnalist qiz yozuvchining shaxsan o'zi bilan uchrashish ishtiyoqida yonardi. Hamma ingliz tilida so'zlashuvchi dunyo uning sayohatini kuzatib turdi, gazetalar “Nelli Blay Fileas Fogg rekordini orqada qoldiradimi? “ degan savollar ostida maqolalar chiqarar edi. “Blay” imzosi bilan ogohlantirish telegrammasini olgan Jyul Vern Fileas Fogg rekordini da'vogari oddiy, nozik qiz bo'lib chiqishini tasavvur ham qilmagan edi. Sayohat chog'ida “Dunyo bo'ylab 80 kun” romani ( kitobning birinchi nashri chiqqaniga 17 yil bo'lgan edi) bir necha marta nashrdan chiqarildi, “Nyu-York uorld” gazetasi tiraji keskin ortdi. Finishga Blay 1890 yil 25 yanvarda yetib keldi. Vokzalga qizni kutib olishga chiqqan ekipaj uni gazeta redaktsiyasiga olib keldi. Sayohat boshlangandan tugaguncha o'tgan vaqt sekundigacha hisoblanib, natija e'lon qilindi: Fileas Fogg rekordidan o'zib ketildi! Bu Nelli Blay uchun yulduzli onlar edi. Jurnalist va gazeta nomiga tabrik telegrammali oqib kela boshladi. Va ular ichidagi eng qimmatlisi Jyul Vernning telegrammasi edi: “Men Nelli Blayning muvaffaqiyatiga shubha qilmagan edim. U o'zining qat'iyati va mardligini ko'rsata oldi. Uning nomiga sharaflar bo'lsin. Ura! Jyul Vern.”


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan