SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
Xonanda Hilola Hamidova tavallud topgan kun
0000-09-13

Hilola Hamidova oltin kuz faslining 13-sentyabr kuni Parizod burji ostida Andijon shahrining ziyolilar oilasida tavallud topgan. Bolaligidan u milliy kuy qo'shiqlarga juda ishtiyoqi baland edi. Maktab darslari bilan birgalikda Hilola musiqa maktabida dutor sirlarini o'rgana boshlaydi. 16 yoshida, maktabni bitirgan kezlari poytaxtda o'kazilishi kerak bo'lgan "O'zbekiston Vatanim mani" ko'rik tanlovida dutorchi qizlar guruhi ishtirokchisi etib tanlab olinadi. Shu ko'rik tanlovga ustozi Rasuljon Samiyev milliy qo'shiq kuylaydigan qizlar va bolalar guruhini tayyorlaydi. Shunda qizlar guruhiga bittagina qiz yetishmay qoladi. Tanlovda Hilola Hamidova aynan shu joyga nomzod bo'ladi. Shu ko'rik tanlovda Hilola Habiba Oxunova ijro etgan "Ey sabr" ariyasini mukammal o'rganib ijro etadi. Xonanda 1995-yilda Andijon Davlat San'at bilim yurtining "An'anaviy ijro" fakultetiga o'qishga kiradi. So'ng, O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini ham tamomlaydi. Hozirgi kunga kelib Hilola Hamidova 50 dan ortiq qo'shiqlarini, 20 ta klip va "Ko'zimda sog'inch" nomli albomini o'z muxlislariga havola etgan.

                                                                                                                     


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan