SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Dagerotipiyani kashf etgan olim Lui Dager tavallud topgan kun
1787-11-18

Lui Dager 1787 yil 18 noyabrda Parij yaqinidagi Karmey-an-Parizi shahrida tug'ilgan. 13 yoshida otasi arxitektorga shogirdlikka beradi. 1804 yil Lui Dager 16 yoshga to'lganda otasi uni Parijga olib boradi va “Grand opera” teatri dekorator ustaxonasiga, Degottiga shogird qilib beradi. Dager o'yinchi, dorboz va teatr rassomi sifatida ham mashhur edi. Degotti huzuriga kelguncha ko'rinib turgan manzarani to'g'ri, butun boricha tasvirlash san'ati qoidalari bilan tanish edi, shuning uchun dekorator uni o'ziga shogird qilib olishga rozi bo'ladi. Rassomning tug'ma qobiliyati Dager postanovkalarini birdaniga g'ayritabiiy ravishda o'zgartirib yubordi va tanqidchilarni nazariga tushdi. U sahnada chinakam mo'jizalar yaratar edi, masalan, o'zining hamkori bilan diarama qurardi:o'tirgan tomoshabinlar qandaydir yirik butxonani tashqaridan ko'rib turishlari mumkin edi , keyin esa birdaniga ichkarida paydo bo'lib qolganday tuyulardi. Buning uchun ikkita 22 metrli baland rasm chizilardi. Diorama Parijda katta yutuqlarga erishdi va Dagerning shuhrati olamga yoyildi. Bunday yirik rasmlarni yaratishdagi ishini soddalashtirish maqsadida Dager obskura kamerasidan foydalandi, lekin hech ekranga tasvirni mahkamlay olmadi. Dager ko'plab tajribalar o'tkazdi va keyin huddi shunday tajribalar o'tkazayotgan Nisefor Neps haqida eshitib qoladi. Dager unga xat yozadi va Neps hamkorlik qilish haqida bitim tuzishni taklif qiladi. 1820 yil oxirlarida fotografiya usulini yaratish ustida ishlaydilar. 1833 yil Neps vafot etadi. Dagerotipiya navbatdagi tajribalar natijasida to'satdan kashf qilinadi. Dager ximiyaviy moddalardan foydalanib Neps kashfiyotini texnologiyada amalda qo'llanishi uchun bor kuchini ishga soladi. Dager g'oyasi shundan iborat edi-ki, simob bug'laridan foydalanib tasvir hosil qilish. Dastlab tajribalarni simob bixlorid bilan amalga oshirdi, lekin tasvirlar juda xira chiqdi. Keyin u jarayonlarni shakar va xlor oksididan foydalanib takomillashtirdi. Nihoyat 1837 yil 11 yillik tajribalardan so'ng u simobni qizdiradi, simob bug'lari esa tasvirni hosil qiladi. Oddiy tuz eritmasi, qaynoq suv yordamida kumush yodidni yuvish uchun eritma tayyorlar edi. Yorug'lik nuridan saqlagan holda. U tasvirni ajoyib tarzda yozib olardi. 1839 yil Dager Fransiya Fanlar akademisiga dagerrotip olish jarayonini taqdim etadi. Shundan keyin uning ishi va texnologiyasi butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi. U boylikka, sharafga burkandi. Dager 1851 yil 10 iyulda Bri-syur-Marnda vafot etdi. Uning ismi buyuk fransuz olimlarining qatoridan joy oldi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan