
Teatr va kino aktrisasi Lyudmila Ivanovna Kasatkina 1925 yil, 15-mayda tug'ilgan.1947 yilda Lunacharskiy nomli Davlat teatr san'ati institutini tugatib, teatr sahnalarida rol o'ynay boshladi. O'zining ijodiy faoliyati davomida 40ga yaqin obrazlar yaratdi. “Orfey do'zoxga tushadi”, “Brodvey sharadlari” nomli mashhur spektakllarda ishtirok etgan. 1954 yilda “Yo'lbarslarni o'rgatuvchi” badiiy filmdagi bosh qahramon Lena Voronsova obrazi uni butun dunyoga mashhur qildi. Kinokartinani suratga olish davomida Kasatkina dublyorsiz yo'lbarslarning qafasiga kirgan. Shuningdek, xarakrerli va esda qoluvchi obrazlarni “Qaysar qizning quyilishi”, “Azizim”, “Olovni o'zimizga chaqiramiz” kabi filmlarda yaratdi. 1961-1970 yillarda “Maugli” animasion filmiga bergan ovozi bilan ham yosh teletomoshabinlarga yaxshi tanish.