SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222325
262728293031 
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Odil Shokirov tavallud topgan kun
1908-09-09

Odil Shokirov Sharipovich (1908.14.9 - Toshkent -1986.1.12) -ortoped-travmatolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1971). ToshTI davolash fakultetini tugatgach (1935), Samarqand viloyati Paxtakor tuman sog’liqni saqlash bo’limining boshlig’i va poliklinikada bosh vrach (1936—39), O’zbekiston ortopediya, travmatologiya va suyak sili kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim (1939—41), urush qatnashchisi (1941—45), Toshkentdagi 3336-evakogospital boshlig’i (1945—46), O’zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutida kichik (1946—53), katta ilmiy xodim, travmatologiya bo’limi mudiri (1954), shu institut direktori (1954—61), travmatologiya bo’limi ilmiy rahbari (1961—69). 1969 yildan ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari. Ilmiy ishlari odamning skelet suyaklaridagi tug’ma nuqsonlarning oldini olish hamda konservativ va operatsion yo’l bilan davolash, shuningdek, suyak to’qimasi regeneratsiyasi va immunologiya masalalariga oid. U O’zbekistonda birinchi bo’lib singan suyaklarni mumiyo bilan kompleks davolash usulini amaliyotga tatbiq etdi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan