SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Xonanda Mustafo tavallud topgan kun
1984-09-23

Mustafo taxallusi bilan qo'shiq kuylayotgan Zohid Yusupov 1984-yil 23-sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U Chilonzor tumanidagi 90-maktabni tamomlagan. Bolalikdan qo'shiqchilarga havasi kelardi. Hattoki qo'shiqlarni hirgoyi qilib ham yurardi. Maktabdan so'ng xonanda san'atkor Alisher Ro'zmetovga shogird bo'lib, qo'shiq aytish sirlarini o'rganib boradi. Ilk ijodini 2009-yil "Bizni yor kichkinadir" qo'shig'i bilan boshlaydi. Shu orada u yulduz san’atkorlarimizdan Sardor Rahimxondan ham ozmi ko'pmi qo’shiqchilik sirlarini o'rganadi. Uning "Arazchi xonim" qo'shig'i xit taronaga aylanadi. Bundan tashqari Nigora bilan aytgan "Uylanib olaman dugonangizga" dueti, "Olma-olma" hamda "Samolyot" qo'shiqlari ham xit taronaga aylangan. Hozirgi vaqtgacha Mustafoning 20 dan ortiq qo'shiqlari, 6 ta klipi va albomi o'z muxlislari ko'nglidan joy olgan. Yoshgina xonanda nafaqat qo'shiq kuylaydi balki kinokartinalarda ham suratga tushgan. Rejissyor Zebo Navro'zovaning "Yor-yor qani" filmida kichkina bir epizodni professional ijro etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan