Yoqutjon
Rajabov 1973-yil 27-sentyabr kuni Toshkent
viloyatining Chirchiq shahrida tavallud topgan
. U Chirchiqdagi G'.G'ulom nomidagi 21-o'rta maktabda tahsil oldi,
2-sinfdan esa Hamza nomidagi musiqa maktabining chang asbobi bo'yicha tahsil
oladi. 1988-yil Toshkent
shahridagi Hamza nomli musiqa bilim yurtining xalq cholg'u asboblari
yo'nalishida tahsil oladi. 1992-yilda esa majburiy harbiy xizmatga boradi.
Yoqutjon Rajabov maktabda o'qib yurgan kezlarida maktab, tuman va shahar
miqyosida o'tkaziladigan tadbirlarda oliy o'rinlarni egallab kelgan. 1995-yil
Yoqutjon Rajabov Toshkent Chegarachilar Oliy Harbiy bilim yurtiga o'qishga
kirib 1999-yil shu oliygohni tamomlaydi. Shu yillar orasida (1998-2002 yillar)
M.Uyg'ur
nomidagi Madaniyat institutining puflama sozlar fakultetida tahsil oldi. Ilk
ijodini esa u 1996-yil "Azizam" qo'shig'i bilan boshladi. Bu
qo'shiqning so'zi hamda musiqasini xonandaning o'z ijodidandir. Xit taronalari
esa "Kuz yomg'iri", "Sevgilim", "Taqdir" va
"Ota yetim bo'larkan" qo'shiqlaridir. Hozirgi kunda Yoqutjon Rajabov
70 ga yaqin qo'shiqlarini, 10 dan ortiq kliplarini va 3 ta albomlarini o'z
muxlislariga hadya etdi. Xonanda shoirlardan Ibrohim Umarov, Ibrohim Jiyanov,
Halima Ahmedova va shoir-bastakor Dilshod Ahmad-Shoh, bastakorlardan esa Aziz
Xolmurodov, Shamsiddin Xolmurod, Uchqun Sharipov va Ahmadjon Xojimatovlar bilan
birgalikda ijod qiladi.