SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Xonanda “Jonim” guruhining malikasi Madina Rashidova tavallud topgan kun
1993-09-28

Ikki maftunkor qizlardan tashkil etilgan Jonim guruhining solistlari Madina hamda Miradir. Madina Rashidova 1993-yil 28-sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U poytaxtdagi 164-maktab bilan bir vaqtda 3-musiqa maktabining fortepiano bo’limida tahsil oldi. 10 yoshida esa yosh xonanda Rustam Hamroqulov boshchiligidagi "Alladin" vokal va raqs shou gruppasiga borgan. Maktabni tugatgandan so’ng esa Respublika Estrada-sirk kollejiga o’qishga kiradi.Guruhning yana bir malikasi Mira Fatullayeva esa 1993-yil 13-aprel kuni Samarqand shahrida tavallud topdi. U ham maktab bilan bir vaqtning o’zida musiqa maktabining fortepiano bo’limida tahsil oldi. Maktabdan so’ng 2001-yilda Hamza nomidagi musiqa kollejiga o’qishga kiradi. "Jonim" guruhining musiqali prodyusseri Shahzoda 2010-yil kasting o’tkazadi. Shu kastingda Madina va Mira g’oliblikni qo’lga kiritadilar va Shahzoda boshchiligida "Jonim" guruhi tashkil etiladi. Ular xuddi shu yili "Uyalmagin" qo’shig’i bilan ilk ijodini boshlaydilar. So’ng "Yondim" va "Qaramagin ko'zlarimga" qo'shiqlari hamda Yodgor Nosirov boshchiligida suratga olingan klip ham muxlislar e'tiboriga havola etilib tez orada xit taronalarga aylanadi. Qizlar O'zbekiston bo'ylab barcha viloyatlar bo'yicha gastrol safarlariga borib kelishgan. 2011-yilda Mira guruhni tark etdi va uning o'rniga boshqa ijodkor kelib qo'shildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan