SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O'zbekistonda хizmat ko'rsatgan artist Gulsanam Mamazoitova tavallud topgan kun
1981-03-22

Gulsanam Mamazoitova 1981-yil 22-mart kuni Farg'ona shahrida san'atkorlar oilasida tug'ilgan. 1997-yilda Farg'ona shahridagi 1-o'rta maktabning 9-sinfini tamomlab Farg'ona Davlat San'at bilim yurtining "An'anaviy ijrochilik" bo'limiga o'qishga kirdi. 1999-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqomchilar ko'rik-tanlovida 2-o'rin, 2000-yilda Xorazmda bo'lib o'tgan 1-Respublika mumtoz musiqa festivali g'olibi bo'ldi. 2000-yilda bilim yurtini tamomlab O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Sharq musiqasi" bo'limiga qabul qilindi. 2003-yilda "Aziz ona yurtim navolari" milliy estrada ko'rik tanlovida 1-o'rinni egalladi. Gulsanam Mamazoitova 2004-yilga kelib O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining magistratura bosqichida o'z bilimlarini oshirishni davom ettirdi. Xuddi shu yili xonanda "Nihol" mukofoti bilan, 2006-yilda esa "O'zbekistonda хizmat ko'rsatgan artist" unvonlariga sazovor bo'ldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan