
Doston Ubaydullayev 1982-yil 30-mart kuni
Toshkent shahrida tug'ilgan. San'atga bolaligidan kirib kelgan Doston 5 yoshdan
sahnaga chiqa boshladi. 6 yoshida esa ilk marta "Tangalik bolalar"
filmida bosh rolni ijro etdi. Maktabdan so'ng Doston A.Qodiriy nomidagi
Madaniyat institutini tugatdi. Xozirgi kungacha xonandaning 5 albomi bor.
Bular, "Kuylayman", "Sog'inib o'tadi umrim",
"Ikkalamiz", "Kechir", "Biz tomonga bir qarab
qo'y". Shu kunga qadar 300 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etgan. Xit
taronalari "Ikkalamiz", "Biz tomonga bir qarab qo'y" va
"Sog'inib o'tadi umrim" deb nomlanadi. "Tangalik
bolalar" filmidan tashqari "Opa- singillar" filmida va
"Zumrasha" hajviy kinojurnalida rol ijro etgan. 1996-yili Doston
Ubaydullayev Ulug'bek jamg'armasining mukofoti va 2001-yil "Nihol"
mukofoti sovrindori bo'lgan.